O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI
X.A.KADIROVA
SHAXS KASB TANLASHI VA KASBGA YO‘NALTIRISHNING
PSIXOLOGIK MEZONLARI
(uslubiy qo‘llanma)
TOShKENT – 2018
2
Uslubiy qo‘llanmada hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biri o‘quvchi-
yoshlarni kasb tanlash va kasbga yo‘naltirishning tashkiliy-psixologik jihatlariga
bag‘ishlangan. Shuningdek, uslubiy qo‘llanmada kasb tushunchasining mazmuni,
kasblarni tizimlashtirish, professiografiya va uning mazmuni, shaxsning kasbiy
o‘zini o‘zi anglashning mohiyati va namoyon bo‘lish bosqichlari xususidagi ilmiy
nazariy fikrlar keltirilgan. Ayniqsa, hozirgi kunda o‘quvchilarni ongli ravishda
kasbga yo‘naltirish ishlari dolzarb masalalardan ekanligini nazarda tutadigan
bo‘lsak, kasbga yo‘naltiruvchi mutaxassislar uchun dasturil-amal bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. Uslubiy qo‘llanmada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish uchun
maxsus ishlab chiqilgan psixodiagnostik metodikalar majumasi berilgan. Bu esa
o‘z navbati o‘quvchi-yoshlarimizni qaysi sohaga layoqatli ekanliklarini
aniqlashlariga yordam beradi.
Mazkur uslubiy qo‘llanma “Pedagogika va psixologiya” fakulteti bakalavr
hamda magistrantlari, shuningdek, kasb, kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish
muammosi bilan bog‘liq masalalarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga
mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Mullaboeva
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.I.Xalilova
Mas’ul muharrir: psixologiya fanlari doktori professor N.S.Safaev
O‘quv-metodik qo‘llanma Universitet ilmiy metodik kengashining 2018 yil “
_____” “_____________” dagi -sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya qilingan.
© Nizomiy nomidagi TDPU – 2018