Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti X. A. Kadirova


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/44
Sana09.01.2022
Hajmi0.99 Mb.
#259213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
shaxs kasb tanlashi va kasbga jonaltirishning psixologik mezonlari

 

 

 


 



MUNDARIJA

 



KIRISH 





KASB 



TUSHUNCHASINING 

PSIXOLOGIK 

TALQINI 

MOHIYATI 



KASBLARNI PSIXOLOGIK TIZIMLASH 

12 




PROFESSIOGRAFIYANING MOHIYATI 

17 




SHAXSDA KASBIY ANGLASHNI SHAKLLANISHI 

27 




SHAXS  SHAKLLANISHINING  TURLI  BOSQICHLARIDA 

KASBIY O‘ZLIKNI ANGLASH 

41 




SHAXSDA  KASBIY  YO‘NALGANLIKNI  PSIXODIAGNOSTIK 

TEKSHIRISH USULLARI  

51 




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  

 

88 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



KIRISH 



 

Bugun  biz  tarixiy  bir  davrda-xalqimiz  o‘z  oldiga  ezgu  va  ulug‘  maqsadlar 

qo‘yib,  tinch-osoyishta  hayot  kechirayotgan,  avvalambor  o‘z  kuch  va 

imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida 

ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 

Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, 

shu  bilan  birga,  taraqqiy  topgan  davlatlar  tajribasini  hisobga  olgan  holda,  mana 

shunday  olijanob  intilishlar  bilan  yashayotganimiz,  xalqimiz  asrlar  davomida 

orziqib  kutgan  ozod,  erkin  va  farovon  hayotni  barpo  etayotganimiz,  bu  yo‘lda 

erishayotgan 

yutukdarimizni 

xalqaro 


hamjamiyat 

tan 


olgani-bunday 

imkoniyatlarning  barchasini  aynan  mustaqillik  berganini  bugun  hammamiz 

chuqur anglaymiz. 

O‘z-o‘zidan  ayonki,  yangi  davlat  barpo  etishda  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

ruhida tarbiyalangan mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat 

qurish yo‘lidagi murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan yangi avlod 

kadrlarini tayyorlash masalasi muhim prinsipial va hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yurtimizda 

o‘z Vatanining taqdiri, uning buguni va kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etadigan, 

mustaqil  va  yangicha  fikrlaydigan  kadrlarga  ehtiyojni  qondirish  vazifasi  biz 

mustaqillikka  erishgan  birinchi  kunlardanoq  o‘ta  muhim  va  hal  qiluvchi  masalaga 

aylangan  edi.  Hech  shubhasiz,  bugun  ta’lim-tarbiya  va  ilm-fan  sohasiga  sarflanayotgan 

mablag‘lar  mamlakatimiz  kelajagining  egasi  bo‘lgan  yosh  avlodni,  yuksak  intellektual 

salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo‘lida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

 

Kasbiy  shakllanish  jarayonining  dastlabki  va  ayni  damda  o‘ta  muhim 



bosqichi  bo‘lajak  kasbni  tanlash,  ya’ni  aniq  bir  kasbiy  qarorga  kelishigacha 

bo‘lgan  davrini  o‘z  ichiga  oladi.  Ravshanki,  yoshlarning  kasb  tanlashga 

tayyorgarlik  darajasi,  faqatgina  yosh  xususiyatlariga  bog‘liq  emas,  u  ma’lum 

yoshga  kelib  o‘z-o‘zidan  shakllanib  qolmaydi.  Yoshlarning  kasb  tanlashga 




 

pedagogik-psixologik  bilim,  ko‘nikma,  malakalar,  shuningdek,  jamiyatning  ta’siri 



orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim.  

Mazkur jarayonda shaxsdan kasbga doir bilimlarga ega bo‘lish talab qilinadi. 

Shuning  uchun  ham  o‘quvchilarni  kasblar  olamiga  doir  bilimlar  bilan 

qurollantirish  hamda  amaliy  ko‘nikma  va  malakalarni  hosil  qilish  lozim.  Buning 

uchun  kasblarga  doir  qo‘llanmalar,  tarqatma  materallar  bilan  ta’minlash  lozim. 

Shundagina  kasb  tanlash  jarayonida  yuzaga  keladigan  turli  qiyinchilik,  ziddiyat, 

to‘siqlarni  oldini  olgan  holda  o‘quvchi-yoshlarni  ongli  ravishda  kasbga  yo‘llash 

imkoniga ega bo‘lamiz. 

Yuqoridagi  masalalarni  hal  qilish  uchun  ma’lum  ma’noda  amaliy  ko‘mak 

sifatida foydalanish o‘ziga xos samarani beradi deb o‘ylaymiz.  




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling