O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI XOLNAZAROVA MATLUBA XOLBUTAYEVNA O’quv qo’llanma Pedagogika va psixologiya - 5110900 2 Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya Xolnazarova Matluba Xolbutayevna Ushbu qo`llanma uch moduldan iborat bo`lib, birinchi modulda rivojlanish psixologiyasining asosiy muammolari, vazifa va metodlari, yosh davrlarining xususiyatlari yoritilgan. Qo`llanmaning ikkinchi modulida rivojlanish psixologiyasining yosh bosqichlari muammolari, chaqaloqlik, go`daklik, ilk bolalik, kichik maktab yoshi, o`smirlik, o`spirinlik, yoshlik, yetuklik, keksayish, keksalik va uzoq umr ko`rishning xususiyat va qonuniyatlari ifodalangan. Qo`llanmaning uchinchi modulida pedagogik psixologiyaning dolzarb muammolari, vazifa va maqsadlari, tarbiya-ta‘lim psixologik asoslari, o`qituvchi psixologiyasi bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar boy tajriba materiallari asosida yaratilgan. Qo`llanma universitet va pedagogika institutlarining talabalariga mo`ljallangan. Ushbu o`quv qo‘llanma 5110900-Pedagogika va psixologiya ta‘lim yo‘nalishlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Tuzuvchi: Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M. Xolnazarova Taqrizchilar: Psixologiya fanlari doktori, professor B.M.Umarov Pedagogika fanlari nomzodi dotsent H.Abdukarimov 3 KIRISH Bugun yurtimizda mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan ishlar o‘zlikni anglash imqoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va ma‘naviy intelektual aqliy amaliy rivojlanish uchun yangi shart- sharoitlar yaratib bermoqda. Bu esa o‘z navbatida insoniyat yaratgan ma‘naviy boyliklarga insonning o‘ziga yangicha munosabat va yondoshuvni talab qiladi. Yangicha yondoshuvlar Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining obekti va pridmeti ko‘lamini kengayishiga olib keladi. Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari faqat yosh davrlar klasifikatsiyasi, yosh davrlarni psixik rivojlanish taraqqiyotini o‘rganib ilmiy-nazariy, uslubiy – amaliy ta‘minlovchi fan emas balki komil inson shakillanishini rivojlanishini taminlovchi keng sohalarni o‘z ichiga oladi. ―Biz, faqat o‘zimiz uchungina yashay olmaymiz- deb yozadi, mashhur ro‘mannavis yozuvchi German Melvill,- bizning hayotimiz boshqalarning hayoti bilan bir-biriga minglab rishtalar bilan chambarchas bog‘langandir‖. Rivojlanish va pedagigik psixologiya aynan inson psixik rivojlanishdagi omillar, ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi o‘qituvchi psixologiyasini o‘rganish bilan shug‘ullanivchi fan hisoblanib, nima uchun jamiyatda kishilar bir birlariga ta‘sir o‘tkazishlari, bir- birlari o‘ylashlariga oid, tarbiyalanganlik, tarbiya mezonlari o‘qituvchi psixologiyasiga oid ma‘lumotlarning ilmiy asoslarini o‘rganadi. Ushbu qo`llanma zamonaviy psixologiyada hozirgi kun uchun dolzarb bo`lgan mavzular imkon doirasida qamrab olingan. Bu mavzularni yoritishda xorij hamda rus psixologiyasi namoyandalarining o`tkazgan tadqiqotlaridan va qarashlaridan foydalandik. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling