O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

Takrorlash va muhokama qilish uchun savollar. 
1. Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va harakatlantiruvchi kuchlari haqida 
ma‘lumot bering? 
2. Psixik taraqqiyot va ta‘limning o‘zaro munosabati deyilganda nimani 
tushunasiz? 
3. Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat? 
4. Etakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz? 
5. Yosh davrlarini tasniflab bering? 
6. Yosh davrlarini tabaqalash haqidagi turli nazariyalar haqida
ma‘lumot bering? 
 
3-mavzu:Endogen va ekzogen yo’nalishlarda rivojlanish nazariyasi 
Mashg`ulot shakli:Obzorli-ma‘ruza tushunib olish, esda qolishi kerek bo`lgan 
bilimlar zahirasini talabalarga ilmiy ma‘lumotlarni bayon etish va
tushuntirishga qaratilgan. 
Ma’ruza mashg`uloti rejasi: 
1. K.Byuler bo‘yicha rivojlanishning uch bosqichli nazariyasi. 
2. X.Vernerning ortogenetik konsepsiyasi. 
3. Rivojlanishni tushuntirishning biogenetik yo‘nalishi. 
4. V.Shternning rivojlanishni ikki omilli konvergensiya nazariyasi. 
5. Dastlabki bixeviorizm nazariyasining sharhi. 


31 
Ko‘zga ko‘ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat Vyursburg 
maktabi doirasida ishlagan bo‘lib, o‘zining bolani psixik rivojlanish 
konsepsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo‘lini maymundan to kata yoshli 
madaniyatli odamgacha ko‘rsatishga harakat qilgan. Byuler bo‘yicha tadqiqot 
vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta‘sirlarga bog‘liq bo‘lmagan 
qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishining 
birinchi yillarini o‘rganish uchun eksperimentning mos shakli zoopsixologiya 
sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi 
muallifi sifatida mashhur. Har bir bola o‘z rivojlanishida hayvonlar harakatlari 
shakli evolutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o‘tadi, instinkt, o‘rgatish, 
intellekt. U biologic omillarni asosiy debko‘rsatib o‘tadi. Byuler bolalikdagi 
rivojlanishni biologic jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini 
ta‘kidlagan, lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to‘liq ochilmaganligini aytib 
o‘tgan. 
Instinkt rivojlnishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi qo‘llanilishga 
tayyor bo‘lgan va faqatgina ma‘lum stimullarga muhtoj bo‘lgan. Odamda 
instinktlar noaniq-sust kata individual farqlarga ega bo‘lgan. Bolada tayyor 
instinktlar to‘plami baqirish, so‘rish, yutish, himoya refleksi kabilar mavjud 
bo‘ladi.
O‘rgatish turli hayotiy vaziyalarga moslashish imkonini beradi, maqtov va 
jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga tayanadi. Byuler bo‘yicha bolalar 
o‘yini hayvonlardagi o‘yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi. 
Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o‘tishda emotsiyalar ham 
rivojlanadi. Shunga ko‘ra, faoliyatning yakunidan boshigacha rohatlanishning 
almashinishi sodir bo‘ladi. Harakat va emotsiyani evolutsion erta taqqoslanishi 
quyidagicha avval harakat, so‘ng uning natijasida rohatlanish. So‘ngra harakatdan 
funksional qoniqish bilan kechadi, ya‘ni jarayonni o‘zidan qoniqish va nihoyat 
qoniqish tasavvuri harakatning o‘ziga o‘tadi. Byuler uchun asosiysi tafakkurning 
psixik rivojlanishda ijodkorlik rolini o‘rganish edi. Shunday qilib, u bolada nutqni 


32 
uni yaratish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o‘ylab topishi 
sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling