№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Bahor gullaridan yaralgan ona
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
23-Mavzu: Bahor gullaridan yaralgan ona
Ayol deb atalgan mojizaning hali tom ma`nodagi ta`rifi o`lchovi va yarashiqli bahosi topilgani yo`q. Ayollik olamida yurgan ayolning o`zi ham o`zini tugal tanimaydi. Olis sayyoralar o`rganildi, etti qavat yerning siri oshkor bo`ldi, ammo ayol qalbidagi ochilmagan necha-necha qit`alar shundayligicha qolib bormoqda. Ruhiyatida, imkonlarida ko`zi ochilmagan ming bir buloqlarning, qalbida sonsiz xazinalarning, bag`rida dahshatli vulqonlarning mavjudligini bilmagan ayol siniqqina qadam bosadi. Sokingina beshik tebratadi. Nim ta`zim bilan xushbo`y saboday ohista va sharpasiz yoningizdan o`tib ketadi. Shikasta ovoz bilan sizdan hol so`raydi, uning etaklarining nim ovoz, mayin shildirashidan atrofingizda jannatiy havolar yaraladi. Bir so`zi bilan bor bo`lasiz, bir so`zi bilan yo`q 22 Darhaqiqat ayol ruhiyati va uning olami tolasincha organilgan emas, bu haqiqatni afsus-ki biz erkaklar emas, ayollik dunyosining vakilasi Tursunoy onamiz oziga xos odob, aql-idrok bilan anglatgan. Biz erkaklar oz qiziqish, muammolarimiz bilan yonimizda biz bilan hayot deb atalmish kemada birga borayotgan yolovchini tola bilmasdan bormoqdamiz. Ayolga hurmatimiz cheksiz deb, uning latofati-yu, gozalligini tariflab bitilmagan sherlar, yozilmagan dostonlar, aytilmagan sozlar, oxshatilmagan gullar qolmadi. Zaifaligini angladik anglaganda ham shunchalar angladik-ki, uni haqorat, xorlanishlarga matonat ila chidashga mahkum qildik. Muborak hadislarda aytilgan Ayollarga erkaklar oz tugishgan opa-singillari kabi munosabatda bolishlari kerak. Yuqoridagi hadisga qarang, ayol sizga yetti yot begona bolsa ham, mavqei tugishgan singlingiz darajasida korilmoqda. Xosh singil kim? Singil tabiatan erkak jigariga, ayniqsa, akaga ota boglangan boladi. Har aka deganda bagrida toglar osadi. Shu birgina soz uning jami kamini toldirib turganday tuyiladi. Boy akami, kambagal akami, baribir unga intilaveradi. Bu aka akalikni qotirib joyiga qoymasa ham, bundan singil oksib yursa ham, bir bir yiglab oladida, jigarini yana qidirib kelaveradi.23 Ayol kim o`zi? Ayolsiz uy-tun. Ranglar yo`qoladi. Atrofingiz beshakl. Gullarning hidini tuyasizu o`zini ko`rmaysiz. Feruza osmon yo`q. Ko`ksingizni yayratgan qushchalar berkingan ko`zingizni yashnatgan chechaklar yumilgan. Bu kamlikdan, bu yarimlikdan, bu huvillashdan yuragingiz jo`njikadi. Hadislarning birida shunday deyiladi: Ayol kishi erkak kishining chap qovurgasidan yaratilgandir. Agar sen egri qovurgani togirlamoqchi bolsang sindirib qoyasan. Bas, u bilan murosa qil, shunda birga yashay olasan. Donishmand Avgustin: Agar ayol erkak ustidan hukmronlik qilish uchun yaratilgan bolganida, uni erkakning boshidan yaratgan bulardi. Agar erkakning quli sifatida yaralganida, uni erkakning oyogidan yaratgan bolar edi. Xudo ayolni erkakning teng huquqli dosti, yori sifatida yaratgani uchun ham uni erkakning qabirgasidan, yurakka yaqin joyidan yaratdi kabi ozining dono fikrini bildirgan edi. Ayollarni faqat ulug odamlar hurmat qiladi. Ularni faqat pastkash odamlar xorlaydi. Hadis Keltirgan hadisimizning ayollarni faqat ulug odamlar hurmat qiladi jumlasiga etibor qiling. Ahli ayoliga izzat ikrom korsatadigan erkaklar juda kop. Ammo yaxshi ayollarninggina hurmatlanishi hali katta savob emas. Kosaning tagida nim kosa deganlariday, bu hadisda nozik bir ishora, yani konglingdagiday bolmagan ayolingni ham hurmat qila bil degan mano yotadir!24 Bir hikoyat: Bir odam ayolining felidan obdan toyibdi da, undan ajralish uchun paygambarimiz Janob Rasulullohdan maslahat soragani boribdi. Hovlilariga yaqinlashganda dong qotibdi: ichkarida bir ayol chunon xunuk ovozda va chunon xunuk sozlar bilan birovga jahil qilardi. Holatdan malum boladiki, bu gaplarni paygambarimizga ayoli aytyapti ekan. Zabunligi yanada ortgan haligi odam endi qaytib ketaman deb tursa, eshik ochilib, xomush holda paygambarimiz s.a.v korinibdilar. Undan nega kelganini sorabdilar. U kishi Ahvolotim mana bunday, ammo sizning kuningiz mening kunimdan ham yomon ekan, - debdi ming afsus bilan. Shunda Janobi Rasululloh kulimsirab, uni yonlariga otqizib: Hamisha eslab yurki, ayol aziyat bilan farzand koradi, tarbiyalaydi. Taom tayyorlab, yaxshi joyini bizga ilinadi, usti boshimizni yuvib, xizmatimizni qiladi, endi biz ham uning shunchalik feliga sabir qilamiz-da! degan ekanlar. Ammo erini dilini sindiraveradigan ayol kechiriladi degani emas. Uning jazosini Allohning ozi beradi. Bu yerda ibrat paygambarimiz s.a.v ning uni xafa qilayotgan ayolidan ham fazilat qidirishi va yaxshilarni eslab turib, ayolini kechirishga ozini kondirishidir. Dostlik nazari shu.25 Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling