8-mart bayrami ssenariysi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana12.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1191472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-mart senarisi 11

1-boshlovchi
- U zotga ehtirom millati va dinidan qat'iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir.
2-boshlovchi
- U zotga bo'lgan mehr-muhabbatimiz ham shunchaki ko'ngilchanlikdan tamoman xolidir. U zot esa aziz 
onalarimiz. opa-singillarimiz, lobar qizlarimizdir.
1-boshlovchi
Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo'lmasa kerak. U o'z nomi bilan avlod davomchisi
go'zallik timsoli. 
2-boshlovchi
- Muhtarama ayollar! Aziz, tadbirimiz ishtirokchilari! 
Sizning ta’rifingizga hali ko’p madhiyalar, iliq so’zlar va tabriklar izhor etiladi.. 
1-boshlovchi: - Bahor kirib kelganida borliq qanchalik yashnab ketsa, ayol kirganda xonadon, dargoh ham shu 
qadar nurafshon bo’ladi. Ayolning xonadon farishtasi deya ta’riflanishining boisi ham shundadir, balki. 
O’quvchi: R.Munisa 
Bir qo`lda beshik, bir qo`lda bolasi,
Dard alam cheksa ham chiqmas nolasi.
Hech qachon uzulmaydi mexr tolasi,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
O’quvchi: Shahina 
Fayzidan xonadon orasta bo`lar,
O`smalar qoshiga payvasta bo`lar.
Gullar qo`llarida guldasta bo`lar,
Bu o`zbek ayoli, o`zbek onasi.
O’quvchi:Albina 
Onajonim alla aytsangiz
Tezda uxlab qolgim keladi.
Sizni mayin ovozingizga
To’yib quloq solgim keladi. 
Onajonim alla aytsangiz, 
Ukam yayrab tinchib qoladi. 


Sizni shirin allangiz tinglab,
Butun olam orom oladi. 
O’quvchi: Kamron 
Boshim silab muloyim 
Allalatadi oyim
Ko’zimni yumib doim 
Mazza qilib uxlayman 
O’quvchi: B.Munisa 
Onam allasi doston
Bahra olar tanu jon 
Alla ostida omon 
Mazza qilib uxlayman 
O’quvchi: B.Azamat 
Alla shirin taronam 
Onam bag’ri koshonam 
Onam bor, yorug’ olam
Mazza qilib uxlayman 
(Doira, nog‘ora sadolari ostida beshik olib kiriladi. Ona rolidagi o‘quvchi «bola»ni beshikka belab, alla aytadi). 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling