Maqsad qo’ydim oldimga
Hech ham esdan chiqarmay
Kamron
Katta bo’lsam albatta
Onam hurmatin oqlay
4.Onalarsiz do’stlarim
Matyoqub
Kelajak yo’q hayot yo’q
Onalarni e’zozlang,
Undan yaxshi inson yo’q.
5.
Mehringiz borligi muhabbatimdir
Xursand
Siz mening osmonim,jonu-jahonim.
Boringiz ishonchim,sadoqatimdir,
Dunyodagi yagonam siz onajonimsiz.
Borliqni yashnatar bosgan izingiz,
Chehrangiz nuridan bahor gulladi.
Shixnazar
Hayolimda hamisha aytgan so’zingiz,
Duolaringiz meni baxtga yo’lladi.
1-boshlovchi:Endi navbatni qizlarimiz raqsiga bersak,marhamat.
“Oyijon” qo’shig’iga raqs tushadilar
.So’ng yana sahnaga boshlovchilar chiqishadi
1-boshlovchi:Darhaqiqat yurtboshimiz tomonidan 2016-yilni “Sog’lom ona-sog’lom bola” yili deya nomlanishi
yurtimizda onalar va bolalarga yanada ko’proq e’tibor berilganligidan darak beradi.
2-boshlovchi: Ona sog’lom bo’lsagina bolalar ham sog’lom bo’lishadi.Bolalar sog’lom bo’lishsa,onalar ham
sog’-salomat bo’lishadi.Biz farzandlar baxtiga onalarimiz doimo sog’- omon bo’lishsin!
Do'stlaringiz bilan baham: