8-Mart Bayrami Tadbir Ssenariysi
Download 107 Kb.
|
8-mart tadbir ssenariysi 22
Qanchalar quvonamiz, boshimizda erta kech
Onajon parvonasiz,o’g’il qizim, baxtimdir deb bizga ishonasiz. Onajonim azizam mehribonim yolg’izim, Kechalari uxlamay alla aytganlar Bilim, odob o’qitib tarbiya qilgan Muqaddasim onajon bahtimga bo’ling omon. Azizlikda yurtim onam barobar Qaldim to’la ilhomim bor onamga Umrim bo’yi elim uchun to’kib ter Hurmatni etay izhor onamga. Hurmatimni izhor etay onamga, qoshiqlarim onaizor onamga. Onam bergan yurak bilan qo’l bilan, bog’im aro tutdim gullar onamga. Sen yog’dusan ayol, yog’dularing mehr- muruvvati Yer yuzin chiroyga ko’msin,also g’am ko’rmasin faqat. Sahna ko’rinishi:Onalarni behad ulug’lovchi ularning nuroniy, tiniq siymolarini gavdalantiruvchi ajoyib dostonlar, rivoyatlar ham talaygina. Quyoshdan so’rashibdi: Sening haroratingdan zo’roq harorat bormi? Bor——-javob berdi Quyosh——ona mehri mening taftimdan ham kuchliroq. O’limdan so’rashibdi: Senga bas keladigan kuch bormi? Bor-debdi o’lim-Ona mehri meni ham chekintiradi. Daryoi azimdan so’rashibdi: Sendan kuchliroq jonzot bormi dunyoda? Bor-debdi Daryoi azim.Ona mehri mendan kuchliroq. Ha, ona mehri toshni eritadi, qahri tog’ni qulatadi daryoni jilovlay oladi.Quyosh – haroratini, oy nurini, hayot go’zalligini onadan olgan Tabiat tarovati gullar isi,hayot nashidasidan inson ko’rkamligi,odamiyligi, inson aql-idroki, fahm-farosati bari-bari onaizordan. Ona-ona,onajon,jaji nihol gul g’uncham Mehringizdan bol ichaman,so’zlaringiz joylab dilga Otlanaman porloq yo’lga,Siz quvonchim hayajonim, Mehribonim onajonim. Yurakdagi nozik ilhomim,sizga bugun jonim onajon. Bag’ishlayman ulug’ ayyomim,doim sizga jonim onajon. Bag’ishlading jonimga huzur,ko’zlarimga bera olding nur Deding bolam doim to’g’ri yur,so’zing dilda jonim onajon. Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga Bosib o’tgan aziz yoshingga,Sadqa bo’lsin jonim onajon. Baxtiyorsan o’g’il-qizing ko’p,har biriga aytar so’zing ko’p Yodgorliging qolar sening ko’p, iftihorim jonim onajon. Muborakbod etib kuylayin,erkalatib o’pib kuylayin Dilda mehrim qo’shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon. Sahna ko’rinishi: Ona mehri. Boshlovchi:Go’zal bir yurt bor emish, gulzor chamanzor emish Bog’da sayrasa bulbul,olam guliston emish. To’satdan bir kun yurtni,har tomondan yov bosdi. Payhon etib ekinni,xalqni qatl etibdi, Yurtda bir ayol qolib, omon qolish hohlarmish, O’g’il qizini quchib,farzandiga jonin berarmish. Bosqinchi shoh ayolni sinab ko’rmoqchi bo’ldi, Uni omon qoldirib,o’g’lin qatl etmoqchi bo’ldi. Bosqinchi shoh: Seni o’ldirsam agar,o’g’ling qasdini olar O’yib olsam o’ng ko’zing,bolang sog’ omon qolar. Mushtipar ona shu on,kerak bo’lsa ol ko’zim O’g’lim omon qolsa bas,ishonaver chin so’zim, Menga ko’zim kerakmas. Boshlovchi:Jallodlar ona ko’zin,hamon o’yib olishdi Ona churq etmaganin,ko’rib hayron qolishdi. Bosqinchi shoh ko’nmadi,ayolni tinch qo’yishga Chap ko’zini so’radi,endi qizin o’rniga. O’yib olsam chap ko’zing,qizing omon qoladi Ona—kerak bo’lsa ol ko’zim,qizim omon qolsa bas Ishonaver chin so’zim,menga ko’zim kerakmas. Boshlovchi: Ona berib chap ko’zin,chiqarmabdi bir so’zin Bosqinchi shoh oldida, yoqotmabdi hech o’zin. Bahodirlar qo’zg’alib,shohni mag’lub etibdi Ko’zsiz qolgan onani, yurtga bosh etishibdi. Odatda onadi Mehribon volida deymiz.Chunki har bir inson uchun onadan mehribon va yaqin kishi yoq, ona siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmay, hamma vaqt quyosh yanlig’ hayotimizga nur ato etadilar,tunimizni yorug’,yolimizni oydin qiladilar. Download 107 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling