8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi


Download 29.58 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi29.58 Kb.
#246362
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mart senariy tayyor

(“Alla” ijro  etiladi).

Hikmatli so`zlar.

1.  Ayol go`zalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham to`xtab qoladi.

2.  Ona - quyosh, uning mehr tafti hech qachon sovumaydi.

3.  Hatto eng buyuk, noyob buyuklik ham ona mehribonligi oldida xoru xasdir.

4.  Farzand uchun ona og’ushidan yahshiroq ,yoqimliroq va sevimliroq joy yoq.

5.  Ona jamiki mavjudotning suyangan tog`idir.

6.  Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.

7.  Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.

8.  Sharaf tojini istama,onang roziligini izla.

9.  Onangni kaftingda tutsang

      Singlingni boshingda tut.

10.   Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go`zal sirlaridan bexabar o`tadi.

11.    Yoshlik, telbalikni chiqar boshingdan,

          Onang xizmatida bo`lg`il yoshingdan.

12.   Ona –quyosh,uning mehr tafti hech qachon sovutmaydi.

II boshlovchi:

 Ayol bosgan qadamlar o’rnida poklik chechaklari unadi.Shu bois ham “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deya takalluf etiladi.



I boshlovchi:

Shoirga  yo’l  bo’lsin,  sizni  chizay  deb,

Bo’yoq  quyultirib  turar  rassomlar.

Mukammal  husningiz  yog’dusi  uchun

Oy  ham navbatchilik  qilar  oqshomlar.

II boshlovchi:

 Shoirga  yo’l  bo’lsin,  kuylay  deb sizni, 

Bastakorlar  yurar  yoqachok,  tajang.

Torni  temirchiga  topshirvoqgudek

Har  jarang  ustida qilar  necha  jang.

I boshlovchi:

Aziz Ayollar, sizni ta`riflash uchun dil so’zi-yu, qalam kuchi ojiz.

Ona - buyuk  allomarimizning  beshigini  tebratgan  mehribon,  buyuk zahmatkash  zot. Quyosh  saxiylikni,  dengiz  tiniqlikni,  tog’lar  ulug’vorlikni, osmon  kenglikni, bahor  latofatni, gullar  tarovatni,  chashmalar  poklikni  Sizdan  o’rgansin!


Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling