8. ma’ruza. Endokrin tizimi fiziologiyasi. Reja: Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari


Buyrak usti bezining po`stloq qismining ichki sekresiyasi


Download 91 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi91 Kb.
#1011985
1   2   3   4   5
Bog'liq
8. MA’RUZA. Endokrin tizimi fiziologiyasi

Buyrak usti bezining po`stloq qismining ichki sekresiyasi. Buyrak usti bezining po`stloq qismi uch qavatdan tuzilgan: tashqi qavat- kontakchali soha; o`rta qavat-tutamli soha va ichki qavat-turli soha. Bezning po`stloq qismi uchta gormonal faollikka ega bo`lgan steroidlarni sintezlaydi: kortizol (gidrokortizol), al dosteron va kortiqosterop. Odam balog`atga etgunicha va qarigan vaqtida turli sohada sintezlanuvchi jinsiy gormonlar ma'lum rol o`ynaydi.
Kortiqoidlar juda ko`p jarayonlarga ta'sir qilish qobiliyatiga ega, ammo bu ta'sirlarning asosiysi: 1) mineral okortiqoid samara-yelektrodlar almashinuviga ta'sir etish. 2) glyukokartikoid samara-uglevodlar almashinuviga ta'sir qilishdir.
Glyukokartikoidlar glyukoneogenezni tezlashtiradi. Bu jarayonda ishtirok etuvchi ba'zi fermentlarning faolligi oshishi tufayli, aminokislotalarning azosiz qoldiqlaridan glyukozaning sintezlanishi tezlashadi, uni qondagi miqdori ko`payadi. Glyukoza glyukogen shaklida jigir va muskullarda zaxiraga o`tadi. Oqsillarning parchalanishi tezlashib, manfiy azot balansi kuzatilishi mumkin. Bu gormonlar yog`larning zaxiradan qonga o`tishini tezlashtirib, energiya manbai sifatida sarflanishini ko`paytiradi.
Glyukokortiqoidlar yallig`lanish allergik reaksiyalarni susaytiradi, antitelolar ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Glyukokortiqoidlar sezgi a'zolari faoliyatigahamma'lum darajada ta'sir ko`rsatadi. Bu gormonlar etishmagan tam va xid sezish, eshitish buziladi. Glyukokortiqoidlar markazlaridagi axborot taxliliga ta'sir etilsa kerak.
Glyukokortiqoidlarning qondagi miqdori maxsus mexanizmlar tufayli nisbatan barqaror saqlanadi. Bu murakkab mexanizm faoliyatini quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Gipotalamusning gipofizotrop sohasidan relizing-gormon ajralib qon orqali adenogipofizga etib keladi. Uning ta'sirida AKTG qonga o`tib, buyrak usti bezining po`stloq qismiga ta'sir qiladi. Natijada glyukokortiqoidlarning qondagi miqdori oshadi.
Agar glyukokortiqoidlarning miqdori sezilarli darajadi ko`paysa qayta aloqa tamoyili bo`yicha AKTG relizing-gormonning ajralishi, AKTG ning qonga o`tishi kamayadi, u o`z navbatida glyukokortiqoidlarning qondagi miqdorini kamaytiradi. Glyukokortiqoidlarning qonga o`tish organizm xaddan tashqari kuchli taasurotlar ostida qolganda, ya'ni stress xolatlarda keskin o`zgaradi. G. Selye bu xolatning 3 bosqichini – xavotirlanish, chidash va madorsizlanish bosqichlarini ajratadi. Birinchi va ikkinchi bosqichlarda buyrak usti bezlari glyukokortiqoidlarni ko`p miqdorda sintezlab ixtiyojni qondirib turadi. stress ta'siri davom etaversa, madorsizlanish bosqichi rivojlanishi mumkin. Bu vaqtda buyrak usti bezlarida kortiqoidlar zaxirasi tugaydi, bezning po`stloq qismi emiriladi. Organizmga tashqaridan glyukokortiqoidlar kiritishgina axvolini engillashtiradi.
Glyukokortiqoidlar sekresiyasining otishi xam, kamayishi xam, organizmda jiddiy o`zgarishlar paydo qiladi. qonda kortizol ko`payib ketishi giperglikemiyaga semirib ketishga, qon bosimning oshishiga, shish paydo bo`lishiga va boshqa o`zgarishlarga olib keladi. Bu gormonlarning etishmovchiligi adison kasalligi rivojlanishiga sabab bo`ladi. Teri qorayib, jez rangini oladi, skelet va yurak muskullari quvvatdan ketadi, odam salga charchab qoladi, yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo`lib qoladi.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling