8. ma’ruza. Endokrin tizimi fiziologiyasi. Reja: Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari
Download 91 Kb.
|
8. MA’RUZA. Endokrin tizimi fiziologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qalqonsimon bezning ichki sekresiyasi Jinsiy bezlar faoliyati va gormonlari Tayanch so`z va iboralar
- 8.1 Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari
8. MA’RUZA. Endokrin tizimi fiziologiyasi. Reja: Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari Ichki sekresiya bezlarining faoliyati va gormonlari Buyrak usti bezining po`stloq qismining ichki sekresiyasi Qalqonsimon bezning ichki sekresiyasi Jinsiy bezlar faoliyati va gormonlari Tayanch so`z va iboralar Endokrin sistemasi, Endokrin bezlar, Gormon tushunchasi, Ginofizar panizm, Gipofunktsiya, Ginerfunktsiya, Kritinizm, Gipotalamo-gipofizar tizim, Meksedema, Bo’ydorlik (gigantizm), Akromegaliya, Endomik buqoq. 8.1 Gormonlarning umumiy fiziologik xossalari Nerv sistemasi bilan bir qatorda endokrin sistemasi organizm faoliyatini boshqarishda juda katta axamiyatga ega. endokrin bezlar sistemasiga bir-biridan mustaqil bo`lgan uch bo`lakdan tashkil topgan gipofiz bezi, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlarining po`stloq va mag`iz qismlari oshqozon osti bezining Langergans orolchalaridan hujayralar, qalqonsimon bez va qalqonsimon bez oldi bezlari, epifiz hazm a'zolari shiliq pardasidagi inkretor hujayralar kiradi. endokrin tizim maxsus moddalar - garmonlar yordamida ta'sir qiladi. garmonlab ishlab chiqaruvchi endokrin bezlarining chiqarish yo`llari yo`q. Sintezlangan moddalar tug`ridan to`g`ri qonga o`tadi. Garmon so`zi grekcha so`zdan kelib chiqqan bo`lib, o`zbekcha «qo`zg`otaman» degan mazmunga ega. Garmonlar o`ziga xos bir nechta xususiyatlarga egadir. 1. Xar bir garmon muayyan ixtisoslashgan bezda ishlab chiqariladi. 2. Xar bir garmon muayyan a'zo va faoliyatlarga ta'sir etib, ularda o`ziga xos o`zgarishlar paydo qiladi. 3. Garmonlar juda katta biologik faollikka ega (1 g adrenalin 10 mln. ajratib olingan baqa yuragining ishini tezlashtila oladi). 4. Garmon ishlab chiqaradigan bez bilan u ta'sir qiladigan a'zo (nishon) orasida odatda ma'lum masofa bo`ladi (distant ta'sir) 5. Garmonlar hujayra membranalaridan o`tish qobiliyatiga ega. 6. Garmonlar nisbatan tez parchalanadi, yarim parchalanish vaqti bir necha sekunddan (peptid garmonlar) bir necha kunni (yodtironinlar) tashkil qiladi. 7. Ko`pchilik garmonlarning turga oid spesifik xossalari yo`q. 8. Garmonlar faqat hujayralarda yoki ularning faol tuzilmalarida ro`y beruvchi jarayonlarga ta'sir etadi. Garmonlarning ximiyaviy tuzilishiga ko`ra, bir necha guruxga bo`lish mumkin bo`lar: aminlar, yodtironinlar, kichik peptidlar, oqsillar, glikoproteinlar va steroidlar. Amin garmonlar guruxini davomini, noradrenalin, adrenalin va melatonin tashkil qiladi. Yodtroninlar tiroksin (T4) va triyodtironindan (T3) iborat. Peptid garmonlar guruxiga antidiuretik gomon (ADG), oksitosin, mellanositlarni rag`batlantiruvchi gormon (MSG), tireotropin – rilizing-gormon (TRG), gonadotropin riziling-gormrn (GnRG), somatostain (SRIF), kortiqotrotin - riziling-gormon (KRG), somatokrinin (STG-RF), angiotenzin kiradi. Garmonlar guruxlari orasidagi oqsil tabiatli garmonlar eng katta guruxni tashkil qiladi. Ularga quyidagi garmonlar kiradi: insulin, glyukogen, o`sish garmoni (GR), plesentar laktogen (Pl), prolaktin (PRL), paratgormon (PTG), enkafalin, kalsitonin, adrenokortikotrop gormon (AKTG), sekritin, xolesistokinin (XSK). Gastrin, Oshqozonning ingibirlovchi peptidi (JIP). Glyukoproteid gormonlarga folekllarni rag`batlantiruvchi (FSG), lyuteinlovchi (LG), qalqonsimon bezni rag`batlantiruvchi garmonlar va xorionik gonadotronin (XG) kiradi. Glyukortiqoidlar, estrogenlar, testosteronin, progesteron, aldosteron steroid garmonladir. Garmonlar o`z vazifasiga ko`ra uch turga bo`linadi: 1. Nishon organlarga bevosita ta'sir qiluvchi gormonlar (yeffektor gormonlar). 2. effektor gormonlarning sintezi va ajralishini boshqaradigan gormonlar (glandotrop gormonlar). 3. Gipotalamusning nerv hujayralaridan sintezlanuvchi va glandotrop garmonlarning ajralishi boshqaruvchi riziling-gormonlar va ingibitor gormonlar. Shu gormonlar tufayli, endokrin sistema markaziy nerv tizimi bilan bog`lanadi. Navbatda gormonlarning ta'sir ko`rsatish mexanizmlariga tuxtalamiz. Ta'sir ko`rsatish mexanizmlariga muvofiq gormonlarning ta'siri nishon-a'zolari hujayralaridagi ba'zi fermentlarning katalitik faolligini kuchaytirish yoki sustlashtirish bilan ro`yobga chiqadi. Bu birinchidan, hujayralardagi fermentlarni faollash (yoki ingibirlash) natijasi bo`lishi mumkin. Bu jarayonda siklik adenozinmonofosfoat (AMF), kalsiy ionlar va fostatidilinozitol (FI) metabolitlari ishtrok etadi. Ikkinchidan, gormonlar hujayralarda fermentlar sintezini tezlashtirib, ularda fermentlar miqdorini oshirish yo`li bilan ta'sir o`tkazadi. Umuman gormonlar uchta juda muxim vazifani bajaradi: 1. Organizmning jismoniy, jinsiy va ruxiy rivojlanishini va ko`payishini ta'minlash. 2. Organizm va uning faoliy tizimlarining doim o`zgarib turuvchi sharoitlariga moslashishini ta'minlaydi. 3. Ba'zi fiziologik ko`rsatkichlarning (qonda glyukoza, kalsiy, fosfor va boshqalar miqdorining) barqarorligini saqlaydi (gomeostatik faoliyat). Download 91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling