8-Ma’ruza. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi Reja


Download 487.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana19.02.2023
Hajmi487.71 Kb.
#1214086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8-MA\'RUZA



8-Ma’ruza. Fermentlar. Fermentlarning strukturasi va klassifkatsiyasi 
Reja: 
1. Fermentlar, ularning xossalari. Oddiy va murakkab fermentlar.
Fermentlarning faol va allosterik markazlari. 
2. Fermentlarning kofaktorlari, ta’sir qilish mexanizmi va uning molekulyar 
asoslari, ta’sirining o`ziga xosligi.
3. Fermentlar faolligining boshqarilishi.
 
Tayanch iboralar: Fermentlar, Kyune, Byuxner, ekzergonik reaksiya, Oddiy va 
murakkab fermentlar, reagentlarning yaqinlashishi; substrat 
deformatsiyasi; kislota-ishqoriy kataliz; kovalent kataliz. 
Fermentlar, ularning xossalari. Fermentlar oqsil tabiatli biologik 
katalizatorlardir. “Ferment” atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr boshlarida 
gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan bo`lib, u spirtli bijg`ish uchun 
qo`llanilgan edi. Dastlabki davrda ferment so`zi faqat achish jarayoni bilan bog`liq 
xolda qabul qilinib, achitqilarning o`zi achish fermenti deb qaralgan hamda ularning 
ta’siri tirik organizm bilan bog`liq, degan xulosaga kelingan. Hujayradan tashqarida 
ta’sir etadigan biokatalizator, ya’ni tashkil topmagan fermentlar 1878 yilda Kyune 
tomonidan fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzym – “achitqi ichida” degan ma’noni 
bildiradi) nomi bilan yuritila boshlandi. 1897 yili Byuxner tomonidan hujayradan 
glyukozani tirik achitqilar singari etil spirt va karbonat angidridga parchalaydigan 
erkin achitqi ekstrakti olindi hamda ferment va enzim nomlari orasidagi farq yo`qoldi. 
Hozirgi vaqtda ferment va enzim so`zlari to`la sinonim bo`lib, bir ma’noda 
qo`llaniladi hamda adabiyotlarda har ikkala atamadan deyarli teng foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda fermentologiya (enzimologiya) – bioximiyaning muhim sohasi 
bo`lib, uning yutuqlaridan amaliy tibbiyot, farmasiya, oziq-ovqat sanoati va xalq 
xo`jaligining 
boshqa 
sohalarida 
keng 
foydalaniladi.Fermentlar 
faollanish 
energiyasini pasaytirish bilan ximiyaviy reaksiyalarni tezlatadilar. Kataliz haqidagi 


tushunchalarga binoan, molekulalar reaksiyaga kirishish oldidan “faollashgan holat” 
deb ataluvchi konfigurasiya davrini o`tishi lozim. Bunday holatda molekulalar 
normal sharoitdagiga nisbatan ortiqroq energiyaga ega bo`ladi. Bu energiya faollanish 
energiyasi deb atalib, ximiyaviy reaksiya sur’atini aniqlovchi asosiy omildir. 
Reaksiyaning faollanish energiyasi qancha yuksak bo`lsa, uning sur’ati ham shuncha 
sekin va aksincha, faollanish energiyasi qanchalik kam bo`lsa, reaksiya ham shu qadar 
tez boradi. Faollanish energiyasi molekulalarning yaqinlashishi va reaksiyaga 
kirisuviga to`sqinlik qilib turadigan kuchlar (energetik to`siq) ni engish uchun zarur. 
Demak, reaksiyaga shu reaksiyaning energetik to`sig`idan ortiqroq energiyaga ega 
bo`lgan molekulalar kirishadi. Faollangan molekulalalrning soni qancha ko’p bo`lsa, 
reaksiya sur’ati ham shuncha tez bo`ladi. Molekulalarni faollantirish uchun energiya 
(issiqlik, yorug`lik) sarf etish kerak, masalan, benzinni yoqish. Katalizatorlarning 
vazifasi faollanish energiyasini pasaytirishdan iborat. Katalizator bunday reaksiyani 
faollanish energiyasi past bo`lgan boshqa aylanma yo`nalish bilan bajaradi. Ferment 
ta’siri mexanizmining hozirgi zamon tushunchasiga muvofiq, katalitik reaksiyada 
enzim (E) avvalo u ta’sir etadigan, fermentativ kinetikada substrat nomi bilan 
yuritiladigan modda – S bilan qaytalama parchalanadigan ferment substrat 
kompleksini hosil qiladi. So`ngra bu kompleks reaksiya mahsulotlariga (M) 
parchalanib, ferment erkin xolda ajralib chiqadi: 
E + S ↔ E + M 
Shuni ta’kidlab o`tish zarurki, bunday faollanish energiyasi qanday miqdorda 
kamaysa, reaksiya ham shu darajada tezlashadi, deb xulosa chiqarish kerak emas. 
Faollanish reaksiyasining bir qadar kamayishi reaksiya sur’atini ancha oshirib 
yuborishi mumkin. Har bir ferment har bir katalizator singari reaksiya tezlatishda 
ma’lum bir chegaraga ega. 
Demak, ferment boshlang`ich modda va reaksiya mahsulotining erkin 
energiyasini o`zgartirishga ta’sir etmaydi. 



Download 487.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling