8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari


Aholini tayyorlash tartibi


Download 138.5 Kb.
bet5/10
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1404609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari.

3.2. Aholini tayyorlash tartibi.
Aholini tayyorlash, toifalar doirasida tashkil etiladigan guruhlar tarkibida, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar:
- davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari — FVDTning aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha yillik asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tomonidan o‘tkaziladigan yig‘inlar va o‘quv mashqlarida;
- respublika va viloyat miqyosidagi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, shuningdek, tumanlar va shaharlar hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari — 3 yilda bir marta jamlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining malaka oshirish va qayta tayyorlash o‘quv kurslarida;
- tumanlar va shaharlar miqyosidagi tashkilotlar rahbarlari va mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rahbarlari — 3 yilda bir marta jamlash rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzuridagi Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi, shuningdek, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlarining malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida;
- tashkilotlarning xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar — doimiy ravishda tayyorlash dasturlariga muvofiq, xizmat va ishdan ajralmagan holda, xizmat va ish joylarida tashkil etiladigan ob’ekt o‘quv mashg‘ulotlarida tayyorgarlikdan o‘tkaziladi;
b) maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari:
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari — doimiy ravishda maktabgacha ta’limning davlat talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli o‘yinlar va mashg‘ulotlarda;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari — o‘quv yili davomida, umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘qish jarayonida darslarda, sport o‘yinlari va musobaqalarida, shuningdek, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va hududiy markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashg‘ulotlarda;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari — o‘quv yili davomida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq o‘qish jarayonida darslarda, sport o‘yinlari va musobaqalarida, shuningdek, hududiy markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashg‘ulotlarda tayyorgarlikdan o‘tkaziladi;
v) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘quv-maslahat punktlarida suhbatlar o‘tkazish, ma’ruzalar o‘qish, o‘quv filmlarini namoyish etish, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek, qo‘llanmalar va eslatmalarni tarqatish, radio va teledasturlarni efirga uzatish hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida sohaga oid ma’lumotlarni joylashtirish orqali;
O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar tashrif davomida, ularga xizmat ko‘rsatuvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish, yo‘riqnoma, buklet va eslatmalarni tarqatish orqali tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.
Aholini tayyorlash innovatsion texnologiyalarni, uyg‘unlashtirilgan hamda masofadan o‘qitish uslublarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, shuningdek, mustaqil o‘rganish orqali amalga oshiriladi.

Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling