8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari
Download 138.5 Kb.
|
8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari.
- 2. Davlat organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari.
8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari. Reja: 1. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari. 2. Davlat organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari. 3. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish. 1. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari. 2000 yilning 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi (FM) sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi. Qonun 5 ta bo‘lim, 23 moddadan iborat. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan O‘zbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida o‘tkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi; fuqaro muhofazasi xizmati — fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlarini bajarish, fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlarini ta’minlash uchun kuchlar va vositalarni tayyorlash maqsadida tuzilgan funksional bo‘linmalar majmui; himoya inshootlari — aholini va ishlab chiqarish xodimlarini zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofaza qilishga maxsus mo‘ljallangan muhandislik inshootlari majmui; fuqaro muhofazasi kuchlari — qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun tuziladigan fuqaro muhofazasi harbiy qismlari, umumiy va maxsus hududiy, funksional va ob’ekt tuzilmalari. Fuqaro muhofazasi vazifalari quyidagilardan iborat: - aholini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatish; - ob’ektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash; - boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish; - xalq xo‘jaligi ob’ektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini o‘tkazish; - aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish; - fuqaro muhofazasi harbiy tuzilmalarining shayligini ta’minlash; - aholini umumiy va yakka muhofazalanish vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini o‘tkazish; - aholining harbiy harakatlar olib borish paytidagi yoki shu harakatlar oqibatidagi hayot faoliyatini ta’minlash; - radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish; - qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish; - harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida zarar ko‘rgan hududlarda jamoat tartibini yo‘lga qo‘yish va saqlab turish; - aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish. Fuqaro muhofazasi xizmatlari va kuchlari. Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi kuchlari fuqaro muhofazasi qo‘shinlari tuzilmalaridan tarkib topadi. Fuqaro muhofazasi vazifalarini hal etish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining qutqaruv tuzilmalari, qismlari va bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin. Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqaro muhofazasi qo‘shinlari O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining urush davridagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - zararlanish o‘choqlarida va zaharlanish zonalarida muhandislik, radiatsion, kimyoviy va boshqa qidiruv turlarini olib borish; - qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish; - aholini va xalq xo‘jaligi ob’ektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish; - aholi hayot faoliyatini ta’minlash ob’ektlarini tiklash ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish hamda fuqaro muhofazasining boshqa vazifalarini bajarish. Fuqaro muhofazasi qo‘shinlarining faoliyati, ularni butlash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish prinsipiga ko‘ra tashkil etiladi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalari: bo‘ysunuviga ko‘ra — hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi) hamda ob’ekt (xalq xo‘jaligi ob’ektlaridagi) tuzilmalariga; belgilangan vazifasiga ko‘ra — umumiy maqsaddagi (zararlanish o‘choqlarida qutqaruv ishlarini olib borish uchun) tuzilmalarga va maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar (qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam ko‘rsatish, yong‘inlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni o‘chirish, jamoat tartibini saqlash va hokazo) tuzilmalariga bo‘linadi. Fuqaro muhofazasi tuzilmalariga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari: 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar qabul qilinadi, safarbarlik ko‘rsatmasiga ega bo‘lgan harbiy xizmatga majburlar, I, II, III guruh nogironlari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollar, shuningdek uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, o‘rta yoki oliy tibbiy ma’lumotli ayollar bundan mustasno. Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan, tashkilotlarda esa - o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. 2. Davlat organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari, fuqarolarning huquq va majburiyatlari. Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling