8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari


Aholini tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish


Download 138.5 Kb.
bet9/10
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1404609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari.

3.9. Aholini tayyorlash tadbirlarini moliyalashtirish
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarining rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan xodim va xizmatchilarni hamda harbiy xizmatchilarni tayyorlash, shuningdek, ular tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarni moliyalashtirish, ushbu tashkilotlarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Nodavlat tashkilotlar rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarni tayyorlashni moliyalashtirish ularning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni tayyorlashni moliyalashtirish mahalliy byudjetlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Fuqaro muhofazasi instituti, Markaz hamda hududiy markazlarda shartnoma asosida aholini tayyorlash narxlari (preyskuranti) Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma’naviy-ruhiy tayyorlash va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish targ‘iboti.
Fuqaro muhofazasi faoliyatining barcha tomonlari, jumladan FVDT tizimlarining shaxsiy tarkibi va aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligi takomillashgan taqdirdagina samarali bo‘ladi. Ushbu tayyorgarlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ma’naviy-ruhiy tayyorgarlik hisoblanadi.
Ma’naviy tayyorgarlik - fuqaro muhofazasiga oid vazifalarni bajarish mamlakat, xalq oldidagi burch ekanligiga ishonchni tarbiyalash, o‘z vazifalarini vijdonan bajarishga, shunday vaziyatlardagi qiyinchiliklarni yengib o‘tishga o‘zini tayyorlash zarurligini tushunish, ruhiy qiyinchiliklarga chidash ruhida tarbiyalashdir.
Ruhiy tayyorgarlik - bu odamlarda ruhan chidamlilikni shakllantirish yoki qo‘yilgan vazifalarni bajarish, xavfli vaziyatlarda fidokorona harakat qilish qobiliyatini kuchaytirishdagi xislatlarini hosil qilish demakdir.
Ma’naviy-ruhiy tayyorgarlikning asosiy vazifalari:
1. Aholining turli toifalarida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish chog‘ida yuqori ruhiy barqarorlikni ishlab chiqish.
2. Har bir fuqaroda favqulodda vaziyatlar yuz bergan damda jabrlanganlarga yordamga kelishga shaylikni tarbiyalash.
3. Aholining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan barcha favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish malakasiga ega bo‘lishiga erishish.
4. Qutqaruvchilarda jabrlanuvchilarga ko‘maklashishga, ularni qutqarib olishga doimiy shaylik, insonparvarlikni shakllantirish.
5. Rahbarlar tarkibida yuqori ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirish va aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga shaylik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni tarbiyalash.
Insonni ruhiyati zo‘riqqan sharoitlarda faoliyat yuritishga tayyorlash uchun psixologlar faoliyat shiddatini oshirish; to‘la bo‘lmagan axborotga asoslangan, juda qisqa vaqtda, noqulay sharoitda vazifalarni hal etish, xavf-xatar elementlari mavjud vaziyatlarni yuzaga keltirish; mashg‘ulot davomida kutilmagan to‘siqlar va qiyinchiliklarni kiritish; faoliyatning ayrim maqsadlarini ularning muhimligi, bajarish muddati og‘irligidan kelib chiqib solishtirish va tasniflashga doir mashqlar o‘tkazish; qaror qabul qilishning bir yoki bir nechta ehtimoliy usullarini mustaqil tanlashni talab etuvchi masalalarni qo‘yish; qisman muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi va bundan so‘ng faollikni oshirishni talab etuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirish; zudlik bilan qat’iy, mustaqil harakat qilishni talab etuvchi sharoitlarni yuzaga keltirish va vazifalar qo‘yish; tashqi va ichki sharoitlar o‘zgarishidan kelib chiqib bo‘lajak faoliyat modellarini yaratish kabi usullarni tavsiya etadilar.
Asosiy e’tibor suvdan, olovdan, balandlikdan, qorong‘ulikdan, qattiq tovushdan, yorqin yorug‘likdan, yopiq fazodan, nafas olishni qiyinlashishidan, nohush yoqimsiz sezgilardan qo‘rqishni yengishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu mashqlar shunga yaqin vaziyatlar yuzaga kelgan holatlarda odamlarda xayajonlanish va sarosimaga berilish xissini kamaytiradi.
Fuqaro muhofazasi targ‘iboti aholining barcha toifalarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarining muhimligini anglagan holda tarbiyalashga, fuqaro muhofazasi bilim va malakalarini egallashga safarbar etishga, uning barcha tadbirlariga chin ko‘ngildan ishtirok etishga chaqirishga qaratilgan.

Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling