Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi Reja: aatning rivojlanish bosqichlari
Download 229.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Maruza 6 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- AATning rivojlanish bosqichlari.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi Reja: 1. AATning rivojlanish bosqichlari. 2. Zamonaviy AATga misollar. 3. AAT samaradorligi. 4. AAT rivojlanish tendensiyasi. Tayanch tushunchalar: AAT industriyasi, tranzaksiyalarni qayta ishlash sistemasi, avtomatlashtirilgan ofislar, mobil texnologiyalar, axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan texnologiya, globallashuv, konvergensiya. AATning rivojlanish bosqichlari. AATni yaratish industriyasining yo„lga qo„yilishi asosan 1950-1960-yillarga to„g„ri keladi. XX asrning oxirlariga kelib ularni qayta ishlash metodlari tugal bir shaklga ega bo„ldiki, bu o„z navbatida axborotni qayta ishlash sohasida tugal mexanizmlarni qo„lga kiritishga bir asos bo„ldi. AAT juda qisqa vaqtda keskin rivojlandi va bu rivojlanish yo„lini shartli ravishda 6 ta bosqichga ajratib ko„rsatish mumkin. 1.bosqich. Birinchi AAT ning paydo bo„lishi 1950-yillarga to„g„ri keladi. Bu yillarda AAT zimmasiga maoshlarni hisoblash, to„lov vedomostlarini shakllantirish va shunga o„xshash buxgalterlik hisob-kitoblarini bajarish yuklatilgan bo„lib, bunday AATlar o„sha vaqtlarda “elektromexanik buxgalteriya hisoblash mashinasi” deb yuritilgan. Ushbu mashina va u qo„llanadigan muhit barchasi esa birgalikda “tranzaksiyalarni qayta ishlash sistemasi” deb atalgan. 2.bosqich. Bu davr 1960-yillarga to„g„ri kelib, bunda operatsion sistema, diskli texnologiyalar, sifatli va takomillashtirilgan dasturlash tillari bilan ta‟minlangan hisoblash texnikasi vositalarining jamiyatga kirib keliganligi ko„zda tutiladi. 3.bosqich. 1970-yildan to 1980-yil boshlarigacha bo„lgan davrni o„z ichiga oladi. Bu bosqichda axborot tizimlari boshqaruv nazorati, qaror qabul qilish jarayonlarini qo„llab-quvvatlash va tezlashtirish vositasi sifatida keng ko„lamda qo„llanila boshlandi. Bu davr asosan quyidagi ilmiy-texnik kashfiyotlar hamda yutuqlar bilan xarakterlanadi: mikroprotsessor texnikasi hamda interfaol displeyli qurilmalarning yaratilishi; ma‟lumotlar bazasi uchun dasturiy texnologiyalarning vujudga kelishi; “uzoqlashgan terminallar sistemasi”ning paydo bo„lishi; turli amaliy dasturiy ta‟minotlar o„rtasida o„zaro integratsiyaning yo„lga qo„yilishi; dasturiy ta‟minot va foydalanuvchi o„rtasida do„stona muloqot interfeysining o„rnatilishi. Download 229.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling