Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi Reja: aatning rivojlanish bosqichlari


Download 229.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.03.2023
Hajmi229.66 Kb.
#1280434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 6 (1)

3. 
AAT rivojlanish tendensiyasi 
Xorijiy mutaxassislar axborot texnologiyalari rivojlanishining beshta asosiy 
tendensiyalarini ajratib ko„rsatadi: 
1. 
Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. 
2. 
Birgalikda harakat qilish qobiliyatining yuzaga kelishi. 
3. 
Oraliq bo„g„inlarning tugatilishi. 
4. 
Globallashtirish. 
5. 
Konvergensiya. 
Axborot mahsulotlarining murakkablashuvi. Axborot vositasi ko„rinishidagi 
axborot mahsuloti, ekspert ta‟minoti xizmatining ma‟lumotlar bazasi strategik 
ahamiyat kasb eta boradi. Turli shakldagi (nutq, ma‟lumot, tasvir) axborot 
mahsulotlari eshitish, ko„rish va anglash uchun foydalanuvchining talabiga ko„ra 
ishlab chiqiladi hamda unga qulay vaqtda va shaklda mahsulotni yetkazib berish 
vositasi mavjud bo„ladi. Darhaqiqat, keyingi yillarda axborot mahsulotlari borgan 
sari yakka foydalanuvchiga taqdim etiladigan o„ziga xos xizmat va hisobot-tahlil 
ishlari natijalari o„rtasidagi gibridga aylanib borayotganligini ko„rish mumkin. 
Birgalikda harakat qilish qobiliyati. Axborot mahsulotining ahamiyati oshib 
borishi bilan mazkur mahsulotlarni kompyuter va inson yoki axborot tizimlari 
o„rtasida ideal tarzda almashuvini o„tkazish imkoniyati ilg„or texnologik muammo 
kasb etadi. Axborot mahsulotlarini qayta ishlash va uzatish muammosi ularning 
kelishi va tez harakatlanishi bo„yicha to„liq muvofiq bo„lishi lozim. 
Oraliq bo‘g‘inlarni tugatilishi. Birgalikda harakatlanish qobiliyatining rivojlanishi 
axborot mahsulotlari almashish jarayonining takomillashuviga, so„ngra, axborot 
manbai yo„lidan iste‟molchiga qarab (ya‟ni, bu sohadagi yetkazib beruvchi va 
iste‟molchilar) oraliq bo„g„inlar tugatib boriladi. Masalan, muallif va o„quvchi, 
sotuvchi va xaridor, qo„shiqchi va tinglovchi, o„qituvchi va o„quvchi yoki iqtisodiy 
obyektlarda mutaxassislar o„rtasida videokonferensiya, elektron kiosk, elektron 
pochta va boshqa elektron tizimlar orqali bevosita muloqot qilish imkoniyati 
tug„iladi. 
Globallashtirish. Har qanday obyekt yo„ldosh aloqa va Internet tarmog„idan 
foydalanib axborot texnologiyalari yordamida xohlagan joyda va xohlagan paytda 
faoliyat ko„rsatishi mumkin. Aynan Internet tufayli odamlar dunyoning har qanday 


nuqtasidan turib o„zaro muloqot qilish imkoniga egadirlar. Shu bois doimiy va 
yarim doimiy xarajatlar yanada keng geografik mintaqada taqsimlanish hisobiga 
ustuvorlikka ega bo„ladi. 
Konvergensiya. Konvergensiya lotincha “convergo” so„zidan olingan bo„lib, u “bir 
nuqtaga yaqinlashish” degan ma‟noni anglatadi (unga qarama-qarshi jarayon esa 
divergensiya deb ataladi). Konvergensiya AATning zamonaviy rivojlanish 
jarayonining oxirgi bosqichi sifatida ko„rib chiqiladi. Bunda mahsulotlar va 
xizmatlar, axborot va dam olish, shuningdek, ovozli, 
raqamli hamda 
videosignallarni uzatish kabi ish rejimlari o„rtasidagi farq yo„qoladi. Moddiy 
ishlab chiqarish va axborot biznesi sohalari o„rtasidagi tafovut o„chib ketadi, 
firmalar va korporatsiyalarning faoliyat turlari diverfikatsiyasi, sanoat tarmoqlari, 
moliya sektori va xizmat sohalari o„zaro uyg„unlashib ketadi. 
Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari dunyo miqyosida jamiyat 
taraqqiyotining sanoat asridan axborot asriga qarab o„tishda asos bo„lib xizmat 
qiladi. Mazkur tendensiyaning biznesda qo„llanilishi quyidagi o„zgarishlarga olib 
keladi: 

har bir ish o„rnida resurslar yetarli bo„lganda axborotni qayta 
ishlash uchun taqsimlangan shaxsiy (personal) hisoblashlarni amalga oshirish; 

xabarlarni 
jo„natish 
uchun 
ish 
o„rinlari 
birlashganda 
kommunikatsiyaning rivojlangan tizimini yaratish

iqtisodiy obyekt axborot oqimiga ulanganda, moslashuvchan 
global kommunikatsiyalarga ega bo„lishi; 

elektron savdo tizimini yaratish va rivojlantirish; 

iqtisodiy obyekt integratsiyasi – tashqi muhit tizimidagi oraliq 
bo„g„inlarni bartaraf etish. 
AATning rivojlanish tendensiyasini tashkil etuvchi asosiy omillarga qo„shimcha 
sifatida yana quyidagilarni keltirish mumkin: 

axborotni uzoq muddatga ishonchli saqlash vositalari kuchaytiriladi 
(ya‟ni, axborot tashuvchi vositalarning axborot sig„imi yanada kattalashtiriladi
ularga axborot to„plovchi vositalar imkoniyati esa kengaytririladi); 

axborot almashish sifati oshiriladi (aloqa vositalari, shuningdek, 
teleradio, telefon, raqamli aloqa tizimlari, kompyuter tarmoqlari, sputnik aloqa va 
boshqalar takomillashtiriladi); 

bilimlarni ishlab chiqishga mo„ljallangan intellektual tipdagi 
dasturiy ta‟minotlar hamda ularga mos kompyuterlar yaratiladi va hk. 

Download 229.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling