Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi Reja: aatning rivojlanish bosqichlari


Download 229.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.03.2023
Hajmi229.66 Kb.
#1280434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 6 (1)

4.bosqich. 1980-yillarni o„z ichiga olgan bu bosqichda strategik axborot tizimlari, 
avtomat- lashtirilgan tizimlar vujudga keldi, ulardan firma va korxonalarni bankrot 
holatdan saqlash maqsadida keng foydalanila boshlandi. Raqobatbardosh strategik 
axborot resurslari axborotdan foydalanishning yangi konsepsiyasi sifatida o„zini 
namoyish etdi. 


5.bosqich. Bu davr 1990-yillarga to„g„ri keldi. Bunda telekommunikatsiya, lokal, 
korporativ va global kompyuter tarmoqlaridan samarali foydalanish hisobiga 
axborotni qayta ishlash sohasida bir qator qulay imtiyozlar vujudga keldi, 
shuningdek, avtomatlashtirilgan ofislar yaratildi. 
6.bosqich. (XXI asrning boshlanishi). Bu bosqichdagi yutuqlar asrimizning eng 
ilg„or texnologiyalari bilan xarakterlanadi. Sun‟iy intellekt va ekspert sistemalar 
sohasidagi yangi yutuqlar, mobil texnologiyalarning tobora rivojlanib borishi
geoinformatsion 
va 
kognitiv 
axborot 
texnologiyalarining 
yuksalishib 
borayotganligi bu bosqichning markaziy o„zagini tashkil etadi. 
1. 
Zamonaviy AATga misollar. 
Eng ko„p tarqalgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ishida axborotga ishlov 
berish texnologik jarayonining turli bosqichlarida (axborotni to„plash va uni 
kompyuterga kiritishga tayyorlash, qidirish jarayonida) inson ishtirok etadi. Inson 
AATning tashqi muhit tomonidagi sherigi hisoblanadi va chiqadigan axborot 
tizimi aynan unga mo„ljallangandir. 
AATda barcha jarayonlar inson ishtirokisiz o„tadi. Odatda, avtomatlashgan 
tizimlardan ancha yirik tizimlar tarkibida, masalan, obyektlar va texnologik 
jarayonlarni 
boshqarishning 
avtomatlashgan 
tizimlarida 
foydalaniladi. 
Avtomatlashgan 
tizimlarning 
“sheriklari” 
robotlar, 
dastur 
vositasida 
boshqariladigan stanoklar, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish obyektlari va 
boshqalar hisoblanadi. Bunday tizimlarda kiritiladigan axborot signallar yoki biror-
bir fizik kattaliklar shaklida taqdim etiladi, chiqadigan axborotdan esa boshqarish 
va sozlash uchun foydalaniladi. 
Hozirgi vaqtda turli maqsadlarga mo„ljallangan ko„plab axborot-ma‟lumot 
tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi, ular foydalanuvchilarning axborot 
so„rovlarini qondirish uchun yo„naltirilgan. Bunday tizimlarning o„ziga xos 
xususiyati shundaki, ularda so„rovga muvofiq ravishda topilgan axborotdan aynan 
shu tizimning doirasida bevosita foydalanilmaydi, balki foydalanuvchiga beriladi
u olingan axborotdan o„ziga zarur istalgan maqsadlarda foydalanadi. Aeroflot va 
temiryo„l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi 
ana shunday axborot-ma‟lumot tizimi uchun misol bo„lib xizmat qiladi. Bu 
tizimlar operativ tizimlarning tipik misoli ham bo„la oladi, chunki tizimga deyarli 
har bir murojaat qilish axborot fondining joriy holati o„zgarishiga olib keladi 
(joylar band qilinadi, yangi reyslar qo„shiladi va hk.). 
Axborot-ma‟lumot tizimi so„rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida 
saqlanayotgan ma‟lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga 
oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, 
shuning uchun ular axborot-qidiruv tizimlari (AQT) hamdir. 
Biznesda ishlatiladigan quyidagi axborot tizimlar turlari mavjud: 

elektron tijorat tizimlari; 

tranzaksiyalarni qayta ishlash (processing) tizimlari; 

boshqaruv axborot tizimlari; 

qarorlarni qabul qilishni qo„llab-quvvatlash tizimlari va hk. 
Undan tashqari ba‟zi tashkilotlar maxsus-maqsadli tizimlarni ishlatadilar: 

sun‟iy intellekt; 



ekspert tizimlar; 

virtual voqelik va boshqalar. 
Elektron tijorat – axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladigan 
mahsulotlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmat ko„rsatish bo„yicha tadbirkorlik 
faoliyati bo„lib, uni to„rt yo„nalishga ajratish qabul qilingan: 

biznes biznesga (busines-to-business, B2B); 

biznes iste‟molchiga (business-to-consumer, B2C); 

biznes ma‟muriyatga (business-to-administration, B2A); 

iste‟molchi ma‟muriyatga (consumer-to-administration,C2A). 
Shuningdek, keyingi vaqtda elektron tijoratning quyidagi modellari ham rivoj 
topmoqda: 

iste‟molchi iste‟molchiga (consumer-to-consumer, C2C) 

iste‟molchi biznesga (consumer-to-business, C2B). 

Download 229.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling