Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi Reja: aatning rivojlanish bosqichlari


Download 229.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.03.2023
Hajmi229.66 Kb.
#1280434
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza 6 (1)

2. 
AAT samaradorligi. 
Axborot texnologiyalarini turli sohalarga qo„llash yuksak samaralarni beradi. 
Masalan, boshqaruv tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini 
qo„llash quyidagi natijalarni beradi: 

boshqaruv darajasi miqdori qisqaradi; 

ma‟muriy xarajatlar kamayadi; 

o„rta boshqaruv bo„g„ini xodimlari ishdan ozod bo„ladi; 

xodimlar qo„l mehnatidan ozod qilinadi, intellektual faoliyat uchun 
bo„sh vaqt yaratiladi; 

matematik uslublar va intellektual tizimlarni tatbiq etish hisobiga 
boshqaruv vazifalarini hal qilishning oqilona variantlariga ega bo„linadi; 

zamonaviy tashkiliy tuzilma yaratiladi; 

avtomatlashtirilgan 
texnologiya 
tashkiliy 
jihatdan 
moslashuvchanlikni yuzaga keltiradi; 

ish unumdorligi oshadi; 

vaqt tejamkorligiga erishiladi; 

boshqaruvchilarning malakasi va kasbiy bilimi oshadi; 

raqobatchilikning afzalligi kuchayadi; 

tushum va daromad ko„payadi, ortiqcha xarajat kamayadi. 
Axborot tizimiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo„llash quyidagi 
natijalarni beradi: 

axborot oqimining tuzilmasi takomillashadi; 

elektron pochta yordamida samarali muvofiqlashtirish yuzaga 
keladi; 

ishonchli axborot bilan ta‟minlanadi; 

ma‟lumotlarni qog„ozda tashuvchilar optikmagnitli tashuvchilarga 
almashtirilishi orqali axborotlarni kompyuterda qayta ishlashni oqilona tashkil 
etishga va qog„ozdagi hajmining kamayishiga olib keladi. 
Ishlab chiqarishga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo„llash quyidagi 
natijalarni beradi: 

loyihalashtirish va ishlab chiqarish vaqti qisqaradi; 

mahsulot nisbatan ko„proq qayta ishlanishi natijasida yanada 


ishonchli bo„ladi, 

buzilib qolganda ko„p turib qolmaydi, ya‟ni oson ta‟mirlanadi; 

mahsulotning foydali xususiyati va undan foydalanish imkoniyati 
kengayadi; 

ish hajmi va buyurtmalarni qabul qilish, qayta ishlash va boshqarish 
xarajatlari qisqaradi; 

iste‟molchilarga namunaviy xizmat ko„rsatiladi; 

ish unumdorligi oshadi; 

mahsulot va xizmat sifati oshadi; 

moddiy-texnik ta‟minotni oqilona tashkil etish mumkin bo„ladi. 
Marketing sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo„llash 
quyidagi natijalarni beradi: 

mahsulotni tarqatishga kam vaqt ketadi; 

yangi bozorlarni izlab topish mumkin bo„ladi; 

mahsulot iste‟molchilarini identifikatsiyalash imkoniyati mavjud 
bo„ladi; 

axborot olish va tarqatishning yangi imkoniyatlari yaratiladi; 

savdoni qo„llab-quvvatlash va buyurtmachilar bilan nisbatan samarali 
o„zaro hamkorlik qilish mumkin bo„ladi; 

talabga nisbatan moslashuvchanlik 
bilan javob berish
qobiliyatining 
oshishi 
va iste‟molchilar yangi istaklarining 
qondirilishi. 
Ta‟lim sohasiga avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini qo„llash quyidagi 
natijalarni beradi: 

ta‟lim sifati va samaradorligi oshadi; 

uzoq masofadan turib, ta‟lim berish va bilim olish mumkin; 

masofaviy ta‟lim tizimini tashkillashtirish mumkin; 

xohlagan vaqtda, xohlagan joyda turib, intellektual soha bilan 
shug„ullanish imkoniyati mavjud bo„ladi; 

fanni egallashga ajratilgan vaqt chegaralanmagan bo„ladi; 

bir vaqtning o„zida o„quv axborotlarining bir qancha manbalariga 
(elektron kutubxonalar, axborot bazalari, bilimlar bazalari va hk.), bir nechta 
o„quvchilar murojaat qila olishlari mumkin; 

aloqa to„rlari orqali talabalar bir-birlari bilan hamda o„qituvchilar bilan 
muloqotda bo„lishi mumkin; 

o„quv xonalari, texnika vositalaridan samarali foydalanish mumkin; 

o„quv axborotlarini mujassamlashgan va unifikatsiyalashgan holda 
taqdim qilish mumkin; 

o„quv jarayonlarini tashkil etish xarajatlarini kamaytirish mumkin; 

o„quvchining qaerda yashashi, sog„lig„ining holati va moddiy 
ta‟minlanganligidan qat‟iy nazar, ta‟lim olish imkoniyatida tenglik yuzaga keladi. 
Shunday qilib, AATni rivojlantirish va qo„llash umumiy holda quyidagilarda o„z 
samarasini ko„rsatadi: 

mehnat unumdorligi ortadi; 

biror ishni bajarishga ketadigan vaqt sarfi kamayadi; 



faoliyatlar tartibli rejalashtiriladi; 

ma‟lumot almashishda tezkorlik, sifat va ishonchlilik ta‟minlanadi; 

moddiy va nomoddiy mahsulotlarni yaratish tezlashadi, ko„payadi va 
sifati ta‟minlanadi; 

boshqaruv va nazorat qilish jarayonlari yangi sifat bosqichiga ko„tariladi; 

davlat va xususiy xizmat ko„rsatish sifati talablarga mos dinamik tusda 
o„zgarib boradi. 

ta‟lim jarayoni takomillashadi; 

kishilarning huquiy ongi, madaniyati va ma‟naviyati yuksaladi; 

davlat va xususiy korxaonalar soni ko„payadi, aholi yanada ko„proq ish 
o„rni bilan ta‟minlanadi; 

nomoddiy ishlab chiqarish ortida moddiy farovonlik vujudga keladi va 
hk. 

Download 229.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling