6-mavzu: Ilg‘or kutubxona texnologiyalarini tatbiq etish.
ARMda
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.
(2 soat amaliy mashg‘ulot)
Reja:
1.Avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi.
2.Kutubxonalarda MARC formatlarining yaratilishi tarixi
3.O‘quvchilarni kitobxonlikka qiziqtirishda
multimedia
, elektron
materiallar va elektron resurslardan foydalanish
.
4.ZiyoNET —axborot taʼlim tarmogʻidir.
Tayanch
iboralar:
Avtomatlashtirilgan
kutubxona,
telekommunikatsiya
vositalari, kompyuterlar, serverlar, tashkiliy-texnika vositalari, dasturiy
komplekslar, MARC formatlari,
multimedia
, elektron materiallar , ZiyoNET.
Mavzuning maqsadi: Axborot-kutubxona
muassasalarida zamonaviy
texnologiyalarning tatbiq etilishi, amalda olib borilayotgan ish ko‘lamining
dolzarbligi
hozirgi
kunining
asosiy
vazifasi
hisoblanadi.
Kutubxona
texnologiyalarini
avtomatlashtirishda
dasturiy
ta’minotning
o‘rni.
Avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi (AKAT) o‘zaro yagona ma’lumotlar
bazasi orqali bog‘langan bir necha (dasturiy, texnik, axborot,
lingvistik, tashkiliy-
texnologik va kadrlar) ta’minotlardan iborat.
1. Avtomatlashtirilgan kutubxona tarkibi.
XX asr oxirlaridan yuz bera boshlagan «axborot inqilobi» kutubxonalar
faoliyatiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu ta’sir
natijasida kutubxonalar
borgan sari ko‘proq zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlanib, axborot
resurslari markazlariga aylanib bormoqda. Kutubxonalarda xizmat ko‘rsatish
turlari ham keskin kengaydi: Internet tarmog‘idan foydalanish,
axborot-tahliliy
materiallarni jamlab berish, kutubxona kataloglarining elektron ko‘rinishi va to‘liq
matnli ma’lumotlar bazalarini kitobxonlarga taqdim etish shular jumlasidandir.
Kerakli
axborotni
olish
uchun
yangi
axborot
texnologiyalaridan
foydalanilganda manbalarni qidirib topish imkoniyati yuz martalab oshadi.
Telekommunikatsiya vositalarini qo‘llash esa axborot manbaining qanday
masofada turganidan qat’iy nazar unga tezkorlik bilan ega bo‘lish
imkoniyatini
yaratadi. Bu yerda gap kutubxonalarda avtomatlashtirish va tashkiliy-texnika