6-mavzu: Ilg‘or kutubxona texnologiyalarini tatbiq etish. Armda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish
Download 467.45 Kb. Pdf ko'rish
|
u6TTyQB4X1UZ9mdfxVduIdamjORpOIkSYpRNmXtL
- Bu sahifa navigatsiya:
- — zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini va madaniyatini tarbiyalash; — muloqot madaniyatini shakllantirish.
qaratishlari kerak:
— tarixiy va huquqiy madaniyatni rivojlantirish — davlatqonunlarini, rasmiy hujjatlarni bilishga yo‘llash; — estetik va kitob madaniyati, shuningdek, o‘qish madaniyati ko‘nikmalarini tarbiyalash; — bibliografik madaniyat; — zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasini va madaniyatini tarbiyalash; — muloqot madaniyatini shakllantirish. Bu xususiyatlar hamma uchun zarur. Iste’molchilar bilan ish olib borishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi: rejalilik; ketma-ketlik; bosqichma-bosqich olib borish; alohida-alohida ish olib borish (kitobxonning yoki iste’molchining bilim saviyasi, darajasini hisobga olgan holda yondashish). Buning uchun axborot ko‘rgazmalari, stendlar, turli bibliografik, uslubiy plakatlar, kompyuter dasturlari bo‘yicha bilim berishga oid turli xil qo‘llanmalar, varaqalar, bukletlar, mustaqil ma’lumot yig‘ish va qidirishga oid maslahatlar, savol-javob o‘yinlari, turli videonamoyishlardan foydalaniladi. O‘quvchi bolalar va o‘smirlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish shakllari turlicha, ular guruhiy va yo‘naltirilgan, rasmlar orqali taqdim etilgan va boshqalar bo‘lishi mumkin. Kitobxonlikka qiziqtirishda AKT dan foydalanib , multimedia va elektron materialar, elektron resurslar hamda kutubxona saytini yaratish, o‘quvchilar bilan ishlashda tarmoq interaktiv shakllardan foydalanish kabi omillar bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari , o‘quvchilar tomonidan ham mustaqil elektron resurslar yaratilishiga va ular bilan kutubxona fondini boyitish ham e’tibor qaratish lozim. Elektron va multimediya materiallarini yaratish zamonaviy kutubxona resurslarining asosiy qismini tashkil etishi zarur. Elektron resurslarni yaratishda kutubxonachilarning ham tashabbuslari muhim o‘rin tutadi. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quvchilarga qo‘shimcha tavsiya etiladigan adabiyotlar, maktab kitob fondi portfeliosi , mavzuli elektron adabiyotlar va resurslar sharhi, annotatsiyalangan va bezatilgan kartotekalar, adabiyotlarning bibliografik ko‘rsatkichlar va boshqalar. Xususan, maktab kutubxonasi ish faoliyatida ham AKTni joriy etilishi yo‘lga qo‘yilgan. Dars jarayonida maktab o‘quv darsliklari va qo‘shimcha materiallarelektron resurslaridan (Ziyonet ta’lim portali bazasidan foydalanish asosida) foydalanish. Mavzularga oid «O‘quvchi bolalar tomonidan yaratilgan bukletlar, refletlar, tavsiyali ko‘rsatkichlar». Multimediali «Sevimli kitoblarim» mavzusidagi taqdimotlar.Janrlar bo‘yicha: ertaklar, she’rlar, fantastik asarlar, sarguzashtlar ,detektiv asarlar, tengdoshlari haqidagi asarlar ko‘rsatkichlari bo‘lishi mumkin. Yozuvchi va mualliflar tarjimai hollariga bag‘ishlangan qo‘llanmalar ko‘rsatkichlarini yaratish. Ko‘rsatkichlar sodda va istalgan vaqtda foydalanish hamda yangilarini kiritishga qulay bo‘lishi zarur. Download 467.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling