8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari


 Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish


Download 138.5 Kb.
bet3/10
Sana30.04.2023
Hajmi138.5 Kb.
#1404609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari.

3. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish.
3.1. Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning huquqiy asoslari, asosiy tushunchalari va vazifalari.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biri aholini yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishdan iborat.
2000 yilning 26 may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni 16-moddasida hamda 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” gi Qonuni 18-moddasida “Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarida aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish umumiy va majburiydir”, deb belgilab qo‘yilgan.
Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 754-son qarori bilan belgilab berilgan. Ushbu qaror bilan “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan.
Oliy o‘quv yurtlarida yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 828-sonli buyrug‘i chiqarilgan.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
kompleks o‘quv mashqlari — ob’ektlar rahbarlarini, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolarini, ular tarkibiga kirmagan ishchi va xizmatchilarini, ishlab chiqarish faoliyatini to‘xtatmagan holda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha kompleks tadbirlarni bajarishga tayyorlashning asosiy shakli;
qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT deb ataladi) barcha darajalardagi rahbarlarini va boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular sodir bo‘lganda bartaraf etish ishlariga rahbarlik qilishga hamda fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning oliy shakli;

Download 138.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling