8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari
Download 138.5 Kb.
|
8-ma’ruza. Fuqaro muhofazasining maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasiga umumiy rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri mamlakat fuqaro muhofazasining boshlig‘idir. O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasini boshqarish O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlar vazirligi zimmasiga yuklanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hududlarida fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni tegishincha lavozimiga ko‘ra fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari amalga oshiradilar. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilishni ularning lavozimiga ko‘ra mazkur organlar va tashkilotlar fuqaro muhofazasining boshlig‘i bo‘lgan rahbarlari amalga oshiradilar. Aholini va hududlarni zamonaviy qirg‘in vositalari qo‘llanilishi oqibatlaridan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishga oid harakatlarni muvofiqlashtirish tegishli hududlar, tarmoqlar va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi boshliqlari zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari: - fuqaro muhofazasi sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi; - O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasini tasdiqlaydi; - fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini, ularning moliyaviy va moddiy-texnika ta’minoti tartibini tasdiqlaydi; - tinchlik davrida va urush davrida davlat iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatishi barqarorligini ta’minlash tadbirlari ishlab chiqilishiga va o‘tkazilishiga rahbarlik qiladi; - hududlarni ularda yashayotgan aholi soniga va davlat iqtisodiyotida muhim rol o‘ynovchi yoki aholi xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashkilotlar mavjudligiga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha guruhlarga, shuningdek, tashkilotlarni davlat iqtisodiyotidagi roli yoki aholi xavfsizligiga ta’siriga ko‘ra fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifalarga kiritish tartibini belgilaydi; - fuqaro muhofazasi tizimini urush davri sharoitiga o‘tkazish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi; - himoya inshootlarini va fuqaro muhofazasi boshqa ob’ektlarini barpo etish tartibini, shuningdek yakka muhofazalanish vositalari, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish shartlarini belgilaydi; - davlat organlari va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi; - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi: - fuqaro muhofazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi; - o‘z vakolati doirasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi; - O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejasi loyihasini ishlab chiqadi; - harbiy qismlar va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshqarilishini tashkil etadi; - fuqaro muhofazasi ehtiyojlarini ko‘zlab zarur qurol-aslahalar, texnika, muhofazalanish vositalari va boshqa moddiy-texnika vositalari yetkazib berilishi uchun davlat buyurtmasi loyihasini shakllantiradi; - xabar berishni tashkil etish va fuqaro muhofazasi tizimini shay holatga keltirish bo‘yicha direktiv hujjatlar ishlab chiqadi; - fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarining jangovarlik hamda safarbarlik tayyorgarligini ta’minlaydi; - shaxsiy tarkib va aholi fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatilishini tashkil etadi; - fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Tashkilotlarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari: - fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtiradilar va amalga oshiradilar; - urush davrida barqaror ishlashni ta’minlash tadbirlarini amalga oshiradilar; - o‘z xodimlarini harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida vujudga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishni amalga oshiradilar; - xabar berish mahalliy tizimlarini yaratadilar va ularni foydalanishga doimo shay holatda saqlab turadilar; - xodimlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari uchun zarur sharoit yaratadilar; - moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalarning zaxiralarini yaratadilar. Potensial xavfli ishlab chiqarish ob’ektlariga ega bo‘lgan, shuningdek muhim mudofaa va iqtisodiy ahamiyatga molik tashkilotlar fuqaro muhofazasi tuzilmalarini yaratadilar va ularni doimo shay holatda saqlab turadilar. Bunday tashkilotlarni belgilash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etiladi. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquqlari: - o‘z hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki harbiy harakatlardan muhofazalanishi; - umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan tekin foydalanish; - harbiy harakatlar kechayotgan joylarda o‘zlari yo‘liqishlari mumkin bo‘lgan xavf darajasi va zarur xavfsizlik choralari to‘g‘risida axborot olish. Fuqarolar fuqaro muhofazasi sohasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Harbiy harakatlardan jabrlanganlarga ularning hayot faoliyatini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratiladi, tibbiy, moddiy-moliyaviy va boshqa xil yordam ko‘rsatiladi. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari: - ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari; - fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o‘tishlari; - fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari; - jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko‘rsatishni bilishlari; - davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko‘maklashishlari; - fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart. Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar va majburiyatlarni bajaradilar. Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling