8-ma’ruza. Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 341.54 Kb.
bet1/11
Sana05.01.2023
Hajmi341.54 Kb.
#1080358
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.3-ma\'ruza WAN(128-148)


8-ma’ruza. Global tarmoqlar va ularning qurilish usullari.
Reja:

  1. Global tarmoqlarda qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va protokollar.

  2. Tarmoq qurilmalari.

  3. Tarmoq topologiyalari.

Kalit so’zlar: WAN, tarmoq (network), x.25, frame relay, ATM, MPLS, IP, protokol (protovol), texnologiya (technology), Ethernet, optical transport network, OTN, SDH, PDH, virtual kanal (virtual circuit), kommutator (switch), kompyuter (computer), kommutatsiya (switching), port, paket (packet), ARP, QoS, DWDM, HDLC, PPP, point to point protocol, simsiz tarmoq (wireless network), marshrutizator (router), multipleksor (multiplexer), PBX, NNI, UNI, TCP/IP, magistral tarmoq (magisterial network), RAS, DCE, DTE, interfeys (interface).
1. Global tarmoqlarda qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va protokollar.
Global hisoblash tarmog’i (ing.Wide Area Network, WAN) - bu katta maydonlarni qamrab olgan va ko'p sonli tugunlarni o'z ichiga olgan, ehtimol turli shaharlar va mamlakatlarda joylashgan kompyuter tarmog'idir.
Kompyuter tarmoqlarining global tarmoqlarini yaratishga mo’ljallangan maxsus texnologiyalari mavjud: X.25, Frame Relay, ATM, MPLS. Bunday texnologiyali tarmoqlar katta hududlarni qoplashi mumkin va bog’lamalarning katta sonini birlashtiradi, hamda birlashgan IP tarmog’ining tashkil etuvchisi bo’lib qoladi. Ethernet va IP tarmoqlarida ishlatiladigan paketlarni harakat qilishining deytagramma usuliga alternativ qilib, bugungi kunda Frame Relay, ATM tarmoqlarida ishlatiladigan virtual kanallar texnikasini olish mumkin. Virtual kanallar texnikasi tarmoq foydalanuvchisi bilan uning bog’lamalari orasidagi bog’lanish ustidan yuqori pog’onadagi nazoratni ta’minlaydi. Operator ko’rsatilayotgan xizmatlarga muvofiq foydalanuvchilar orasida resurslarni yanada rasional taqsimlash imkonini beradi.
OTN tarmoqlari. Bu optik transport tarmoqlarining (Optical Transport Networks-OTN) magistral tarmoqlarga mo’ljallangan yangi texnologiyasidir, chunki u SDH texnologiyasining quyi tezlikdagi oqimlarning multipleksirlashini qoldirib, tezliklarning faqat yuqori diapazonlarini qo’llaydi.
OTN tarmoqlarida quyidagi tezliklar iyerarxiyasiga mos keladigan kadrning uchta formati qo’llaniladi: OTU1 (2,7 Gbit/s), OTU2 (10,7 Gbit/s) va OTU3 (43 Gbit/s), ya’ni OTN 4 koeffisiyentli multipleksirlashni ta’minlaydi. OTN kadrlarining formati o’zining ma’lumotlar maydonida har qanday zamonaviy ma’lumotlarni uzatish texnologiyasining kadrini joylashtirish imkonini beradi: SDH, Ethernet, Fibre Channel. Bu OTN texnologiyasining telefon tarmoqlarining trafikini olib o’tish uchun mo’ljallangan va 64 Kbit/s tezlik chizg’ichining ko’paytirishiga ega bo’lgan SDHdan farqidir. OTNda ham SDHga o’xshab, xatolarni tuzatish muolajasi bajariladi.

Download 341.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling