Alternativ energiya manbalari. Reja: 1 Alternativ energiya manbalari faniga kirish


Download 38.9 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi38.9 Kb.
#1800846
  1   2   3
Bog'liq
begzod aka 9(7)


Alternativ energiya manbalari.

Reja:
1 Alternativ energiya manbalari faniga
kirish. 
2 Qayta tiklanadigan energiya manbalari.
3 Xulosa.

4 Foydalanilgan adabiyotlar.

Alternativ energiya manbalari faniga
kirish.
Alternativ energiya manbalari fanining fan va texnika taraqqiyoti rivojlantirishdagi o’rni. Jaxondagi hozirgi mavjud energetik va ekologikmuammolar.
Kelgusida energiyani iste’mol qilishning oshishi XXI-asrning oxirlarida
zaxiralari tamom bo‘lishi kutilayotgan ko‘pgina an’anaviy yoqilg’i mahsulotlari defisiti bilan bevosita duch keladi. Bu vaqtda katta masshtablarda energiya ishlab chiqarish uchun yadrolarni bo‘linishi va termoyadro sintezidan,quyosh va shamol energiyalaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85-90 foizi ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa neft mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Bunda “Yashil energiya”ning ulushi 10-14 foizdir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda mazkur yo‘nalishni rivojlantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu talablar asosida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini 2030-yilgacha 25–30 foizgacha oshirishi strategik rejasi ishlab chiqildi. Prezidentimizning 2019-yil 22-avgustdagi qarori bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran besh yil muddatga soliqning barcha turlarini to‘lashdan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlik uchun ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 10 yil muddatga mol-mulk solig‘ini hamda ushbu qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, bu borada bir qator kompensatsiya va imtiyozlar berilgan.
Internet manbalariga ko‘ra, 2050-yilda jahon aholisi soni 9,8 milliardga yetadi. Bunday demografik o‘sish barcha tizim, jumladan, energetika sohasida ham yechim izlash masalasini qo‘yadi. Qazilma energiya manbalari cheklangan davlatlarda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ana shunday muammolar yechimi bo‘lib xizmat qiladi.
2020-yilda mamlakatimiz elektr stansiyalarida 66,4 milliard kvt/soat elektr energiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, bu 2019-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 5% ga, 2016-yilga nisbatan 12,6% ga koʻp.
Inson ta’siri natijasida dunyo o‘zgarmoqda. Insoniyatning organik energetik resurslarni o‘ylamasdan energetikada, transportda, katta zavod va fabrikalarda qo‘llashi, atom energetikasi va katta shaharlar chiqindilarini dunyo okeaniga tashlanishi natijasida atrof-muhit o‘zgarmoqda. Yer yuzida iqlimning o'zgarishi kuzatilmoqda, muzliklar erimoqda, shaharlar suv ostida qolmoqda, o‘rmonlar yonmoqda. Yer yuzining juda ko'p mamlakatlarida insonlarni ichimlik suvining yetishmasligi, qurg‘oqchilik va ocharchilik qiynamoqda, yangi-yangi kasalliklar paydo boimoqda. Yuz berayotgan falokatlarni to'xtatish uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda insonning ichki dunyosini tabiatga nisbatan ijobiy o‘zgartirish, so‘ngra organik energetik resurslardan foydalanishni butunlay to'xtatish lozim.
Atrof-muhitga zarar keltirmay insoniyat xizmatini bajaradigan energiya tabiatda mavjud boigan ekologik toza tabiiy energiyalardir. Bu energiya turlariga suv, quyosh, shamol, geotermal suvlar, geyzerlar, toiqinlar, suv sathining ko‘tarilib-tushishi, vulqonlar, chaqmoqlar, okean va dengizlardagi har xil oqimlar, biomassa, vodorod yoqilg'isi, shahar chiqindilari, fotosintez; fotoelektrik o‘zgartiruvchilar, kimyoviy (galvanik) elementlar va boshqalar kirishi mumkin. Mana shu energiya turlari noana'naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan energiya manbalaridan toza ekologik energiya ishlab chiqarish mumkin.



Download 38.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling