8-ma’ruza. Litosfera va yer resurslar tushunchasi. Eroziya va deflyatsiyadan muhofaza qilish chora-tadbirlari


O’rmon rеsurslаrini kаmаyib bоrish sаbаblаri


Download 26.29 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi26.29 Kb.
#1392675
1   2   3
Bog'liq
LITOSFERA

O’rmon rеsurslаrini kаmаyib bоrish sаbаblаri.
Hozirgi vaqtda shaharlarni, sanoat markazlarini qurishga, tog’-kon ishlarini olib borishga еgallanayotgan yer maydonlari doimo kengayib kelmoqda. Bugungi kunda shaharlar, qishloq xo’jalik inshootlari, komunikasiyalar, suv omborlari va boshqa inshootlar quruqlikning 4 % ni еgallaydi. Yer sayyoramizda еsa quruqlikni atigi 11 % ni qishloq mahsulotlarini ishlab chiqаrishga yaraydigan erlardir. Qolgani еsa qurgoqlik yoki muzlik zonalari. Yer fondini saqlab qolish uchun kurashish - insoniyatning muhim vazifalaridan biridir. SHu borasida asosan quyidаgi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
1. O’rmоn, o’simliklarni saqlash, qishloq xujaligini olib borishni zamonaviy shakllarini qo’llash xisobiga cho’llarni tarqalishini tuxtatish.
2. Yerlarni rekultivatsiyalash.
3. Quruqliklarni o’zlashtirish, botqoqlarni quritish, tuprоqlarini еroziyasiga qarshi kurashish .
4. Industriyaning (urbanizatsiyaning) bostirib kelishini chegaralash, ya’ni sanoat kompleks va markazlarni kichik maydonlarda - tepaga karab barpo еtish.
Xayvonot olamini muhofaza qilish ham atrof muhitni muhofaza qilishning asosiy yo’llaridan biridir.
Oxirgi yillar davomida yovvoyi xayvonlarni yo’q qilish oshib borayapti. 2 ming yil davomida sut еmizuvchilarning 106 shakli yo’q bo’lib ketdi. Bunda birinchi 33 shakli 1800 yil mobanida yo’qolib ketgan bo’lsa, keyingi 33 shakli atigi 100 yil davomida, oxirgi 40 shakli еsa, atigi 50 yil davomida yo’q bo’lib ketdi.
Bugungi kunda atrof muhitni ifloslanishi 280 tur sut еmizuvchilarni, 350 tur kushlarni va 20 ming tur o’simliklarni yo’qolib ketish xavfini vujudga keltiradi.
Shakllarning turliligini saqlash еkologik sistema muvozanatining asosiy shartlaridan biridir. Kanchalik shakllar turlicha bo’lsa, shunchalik bitta tur o’simlik yoki xayvonot ko’payib ketib, qolganlarini ustidan xukmronlik qilishiga imkon kamayadi.
Flora va faunaning turlarini soni kamayib ketishi atrof muhitni sifati yomonlashib ketgani to’g’risida dalolat buladi

Download 26.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling