8-ma’ruza: mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini kalkulyatsiyalash reja


Xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash usullari


Download 20.51 Kb.
bet4/4
Sana16.06.2023
Hajmi20.51 Kb.
#1491932
1   2   3   4
8.2.Xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash usullari
Kalkulyatsiyaning reja, normativ, kutilayotgan (provizor) va hisobot kalkulyatsiyasi kabi turlari mavjud.
Reja (smeta) kalkulyatsiyasi alohida kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisoblangan har bir buyum, mahsulot turi yoki guruhining tannarxi bo‘lib, uning ko‘lami korxona tomonidan oldindan rejalashtirilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni amalga oshirgan holda nazorat qilib boriladi. Shuning uchun mahsulot tannarxining reja kalkulyatsiyasi normativ kalkulyatsiyadan past bo‘lishi lozim.
Normativ kalkulyatsiya hisobot davri boshiga hisob-kitob qilinadi va korxona kalkulyatsiya tuzish paytida ishlab chiqarishning texnik darajasi va mavjud texnologiyadan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan norma va normativlarni hisobga olgan holda ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga moddalar bo‘yicha sarflaydi.
Kutilayotgan (provizor) kalkulyatsiya qishloq xo‘jalik korxonalarida 1 oktyabrga, dastlabki uch choraklik (to‘qqiz oy) ichida qilingan haqiqiy xarajatlar va olingan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar hamda to‘rtinchi chorakda kutilayotgan xarajatlar va olinadigan mahsulotlarning taxminiy hisobi asosida tuzadilar. U har bir tarmoqning va butun xo‘jalikning joriy yildagi ishlab chiqarish natijalarini oldindan aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Haqiqiy (hisobot) kalkulyatsiyasi hisobot davridagi muayyan mahsulot turiga to‘g‘ri keladigan haqiqiy xarajatlarning miqdoridir. U bir vaqtning o‘zida normativ yoki reja kalkulyatsiyasi bo‘yicha tannarxdan chetga chiqishlarni hisoblash uchun qo‘llaniladi.
Haqiqiy tannarx bilan reja tannarxini o‘zaro solishtirish mahsulot tannarxi rejasini nazorat qilish va ishlab chiqarish imkoniyatlarini topishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun kalkulyatsiyalash jarayonini umumiy ko‘rinishda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin:

  • xarajatlarni tugallangan va tugallanmagan ishlab chiqarishlar o‘rtasida taqsimlash;

  • yaroqsiz mahsulot olinganda uning tannarxini, qoplanmaydigan xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga olib borilishini nazarda tutgan holda hisoblash;

  • ishlab chiqarishdan qaytarib olingan chiqitlarni aniqlash va baholash;

  • har bir kalkulyatsiya moddasi bo‘yicha xarajatlarni to‘liq hisobga olish.

Shunday qilib, alohida mahsulot (ish, xizmat) tannarxini kalkulyatsiyalash jarayonida ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy mazmuni, hisobot davri, alohida xarajat moddalari, xarajat markazlari va mas’uliyat markazlari bo‘yicha guruhlash hamda to‘liq hisobga olish zarur.
Download 20.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling