8-ma`ruza mavzu : Viruslarni immunologik usullar yordamida diognostika qilish Immunoflyuoressent usul


Download 73.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi73.26 Kb.
#1488503


8-MA`RUZA 
Mavzu : Viruslarni immunologik usullar yordamida diognostika qilish 
Immunoflyuoressent usul 
Virus antigenlarini infeksiya yuqqan buyumlardan, hayvon to‘qimalaridan va 
hujayra kulturalaridan flyuoressensiya qiluvchi antitelolar (zardoblar) yordamida 
aniqlashdan kasallikka diagnoz qo‘yshda keng qo’llaniladi. Immunoflyuoressent 
usul tezkor (ekspress) diagnoz qo‘yish usuli bo‘lib, o‘zining sezgirligi va 
maxsusligi bilan boshqa serologik reaksiyalardan qolishmaydi . 
Flyuoressensiya qiluvchi zardoblami tayyorlash, ayrim flyuoro-xromlarning 
(masalan, flyuoressensiyaning izotiosinati) zardob oqsillarining immunologik 
maxsusligiga ta’sir qilmay ular bilan kimyoviy birikishga asoslangan. 
Kunsning bevosita immunoflyudressent usulida, flyuoressensiya qiluvchi 
antitelolar hosil qiladi. Bu komplekslar lyuminessent mikroskop ostida ko‘rilganda 
o‘ziga xos rangda nur tarqatadi. Kuns bevosita immunoflyuoressent usulining 
kamchiligi shundan iboratki, har bir tekshiriluvchi antigenga qarshi flyuoressensiya 
qiluvchi maxsus zardoblaming keng to‘plamini tayyorlash zarur . 
Mikrobiologik diagnostika usuli 
Tekshirish uchun olinadigan materiallar - burun-halqumdan surtma va yuvindi, 
burun bo‘shlig‘idan bosma-surtma va qon. Tashhis qo‘yishning asosiy usullari 
virusoskopik, virusologik va serologic (1-sxema). Ekspress tashhis qo‘yish 
usullariga burundan olingan bosma-surtmada va halqumdan olingan yuvindi larda 
virus antigenini IFR va IFA usulida aniqlash kiradi. Qo‘zg‘atuvchini ajratib olish 
uchun 10-11kunlik tovuq embrioniga yuqtirib zararlash yoki, ba’zan, turli xildagi 
to‘qima kulturalaridan foydalaniladi. Gripp virusi sust sitopatik ta’sir namoyon 
qiladi va ko‘pincha gemadsorbsiya fenomeni orqali aniqlanadi. Virus tipi KBR 
yordamida identifikatsiyalanadi, gemagglyutinning turi (podtipi) GATR da (gripp 
viruslari 
odam 
va 
turli 
hayvonlar 
eritrositlarini 
agglyutinatsiyalaydi); 
neyraminidaza podtipi fermentlar faolligini ingibirlash (to'xtatish) reaksiyasi 
orqali; Sirkulyatsiya qiluvchi antitelolar 8-14 kun oralig‘i bilan olingan juft qon 
zardoblarida GATR, KBR, NR, IFA yordamida aniqlanadi. Infeksiyaning o‘tkir 
davrida va rekonvalessensiya, ya’ni sog'ayish davrining 2-3-hafialarida olingan1 
zardob namunalari solishtirilganda AT titrining to‘rt barobar ortishi kasallikni 
tasdiqlaydi. 

Download 73.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling