8-ma’ruza Mavzu: C++ algoritmik tilining tarmoqlanish operatorlari. Reja
Download 58.16 Kb.
|
8-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Shart operatori.
8-ma’ruza Mavzu: C++ algoritmik tilining tarmoqlanish operatorlari. Reja: Mantiqiy amallar va munosabatlar. Tarmoqlanuvchi dastur tuzilmasi. Shartli, shartsiz va tanlash operatorlari. Tayanch so‘z va iboralar: operator, shart operatori, parametrli shart operatori, if-else, true, false, blok, switch Operator tushunchasi. Shart operatori Dasturlash tili operatorlari echilayotgan masala algortimini amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi. Ayrim hollarda operatorlar “nuqtali vergul” ( “ ; “ ) belgisi bilan tugallanadi va u kompiyator tomonidan alohida operator deb qabul qilinadi. Bunday operatorlar ifoda operatorlari deyiladi. Qiymat berish amallari guruhi, hususan, qiymat berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi: i++; --j; k+=I; O’zgaruvchilarni e’lon qilish ham operator hisoblanadi va ularga e’lon operatori deyiladi. Shart operatori. Dastur tuzish jarayonida aksariyat hollarda turli shartlarga mos ravishda qaror qabul qilishga to’g’ri keladi. C++ dasturlash tili dasturning alohida bo’laklarining bajarilishini bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi vositalarning yetarlicha kata majmuasiga ega. Masalan dastur bajarilishining biron qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko’ra boshqaruvni dastruning u yoki bu bo’lagiga uzatish mumkin. Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shart operatorlaridan foydalaniladi if operatori. if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirish natijasiga ko’ra dasturda tarmoqlanishni amalga oshiradi. Uning yozilishi quyidagicha: if ( Bu yerda Agar shart natijasi 0 qiymatidan farqli yoki rost (true) bo’lsa, C++ tilida operatorlar blok (to’plam) shaklida berilishi mumkin. Blok - “{“ va “}” belgi oralig’iga olingan operatorlar ketma-ketligi bo’lib, u kompilyator tomonidan yahlit bir operator deb qabul qilinadi. Blok ichida e’lon operatorlari ham bo’lishi va ularda e’lon qilingan o’zgaruvchilar faqat shu blok ichida ko’rinadi. Blokdan keyin “ ; ” belgisi qo’yilmasligi mumkin, lekin blok ichidagi har bir ifoda “ ; ” belgisi bilan tugashi shart. Quyida if operatoridan foydalanishga misol keltirilgan: #include int main() { int a; cin>>a; if (a>0) cout<<“a musbat son”; } Download 58.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling