Muallif – qahramon – kitobxon zanjiri haqidagi mavjud asosiy qarashlar: - Aristotel: asar ruhiy poklanuv (katarsis) hamda shaxs sifatida ruhiy, estetik oʻzgarishga uchrash (kaolokogot) ga olib boradi.
- Abu Nasr Forobiy: mashhur asarlardagi soʻz, fikr, qarashlar tirik, jonlidiк. Tirik matngina turlanadi, toblanadi, yashaydi, oʻzini turli ko’rinishda namoyon etadi. Jonli matngina sharh, tafsir, ta'vil, talqinga yo’l ochadi.
- Haydar Xorazmiy: saralovchi yoxud ahli naqd «mahaki imtihon»ga qiyosdir (mahak toshlar ma'danlar uyumidan oltinu kumushlarni bexato ajratib berarkan).
Immanuel Kant: badiiy asarning estetik mohiyati oʻzlashtirish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy matnni oʻzlashtiruvchining goʻzallikni his qilishi, didi muhim ahamiyatga ega. - Immanuel Kant: badiiy asarning estetik mohiyati oʻzlashtirish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy matnni oʻzlashtiruvchining goʻzallikni his qilishi, didi muhim ahamiyatga ega.
- Gegel: badiiy asar shuning uchun yaratiladiki, kitobxon oʻqish-oʻzlashtirish orqali oʻzining iymon-e'tiqodini, yuksak tuyg‘ulari ma'nosini anglab yetsin. Asaridagi dunyo bilan kitobxon ruhiy olami aro hamohanglik eng muhim masala.
- Belinskiy: adabiyot keng kitobxon ommasisiz rivojlana olmaydi. Xaloyiq oʻzgarib turuvchi, goh u tomon, goh bu tomonga og‘ib turuvchi kuchdir. Mana shu tizginsiz kuch qoʻlyozma, qoralamani e'zozlashi, boshiga ko’tarishi ham, uni ayovsiz ravishda uloqtirib yuborishi ham mumkin.
Potebnya: tinglayotgan soʻzlayotganga nisbatan soʻzlar zaminidagi ma'noni teranroq anglaydi, kitobxon ijodkorga nisbatan asar mohiyatini chuqurroq tushunadi. Asarning qimmati, muallif g‘oyasidamas, uning o’quvchiga qay darajada ta'sir o’tkazishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |