8-ma’ruza: Muallif – qahramon – kitobxon munosabati masalasi


Download 98.5 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1304140
1   2   3   4
Bog'liq
Тaqdimot

Sharq ilm-fanida ahli naqd, ahli dark, zurafo, urafo (nafis idrok etuvchilar) Qur'on, hadis, falsafiy asarlarni tafsir, ta'vil etganlar. Bular badiiy ijod namu­nalarini ham talqin qilganlar. Ahli darkning yetuk, iste'­dodli qatlamini biz munaqqid, tanqidchi deymiz.

  • Sharq ilm-fanida ahli naqd, ahli dark, zurafo, urafo (nafis idrok etuvchilar) Qur'on, hadis, falsafiy asarlarni tafsir, ta'vil etganlar. Bular badiiy ijod namu­nalarini ham talqin qilganlar. Ahli darkning yetuk, iste'­dodli qatlamini biz munaqqid, tanqidchi deymiz.

Adabiy tanqidchi asar haqida asar yaratadi yoki yozuvchi ijodining mahsuliga ijtimoiy munosabatni, tarixiylik mo­hiyatini, ko’pchilik nazarini singdiradi. Munaq­qiddagi joziba, shiddat, muhabbat yoxud nafrat kitobxonga tez yuqadi.

  • Adabiy tanqidchi asar haqida asar yaratadi yoki yozuvchi ijodining mahsuliga ijtimoiy munosabatni, tarixiylik mo­hiyatini, ko’pchilik nazarini singdiradi. Munaq­qiddagi joziba, shiddat, muhabbat yoxud nafrat kitobxonga tez yuqadi.
  • Tanqidchi iste'dodi fikrining izchil, qat'iyligida, ifo­da tarzidagi ramziylik, uslubdagi betakrorlilikda koʻzga tashlanadi. Tanqidchi bunda oʻz talqinini yaratadi.

Aristotelning «Germenevtika» asari talqin, uning nazariyasi haqidagi ilk ilmiy asar. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa olimlar Aristotel ta'sirida talqin fani rivo­jiga hissalarini qo’shdilar. Sharqda, Farbda, qadimda va hozir talqin haqida ko’plab asarlar yaratilmoqda. «Germenevtika» yunoncha soʻzdan paydo bo’lib, «tushuntira­man», «talqin qilaman» degan ma'noni anglatgan. Qadim­gi yunon mifologiyasi Germesni olimp ilohlarining qosidi, ahli tijorat piri sifatida ko’rsatgan. Sharq-musul­mon adabiyotida Surush obrazi bot-bot uchraydi. U hojatba­ror, mushkulliklarni hal qiluvchi kuch sifatida ko’rsati­linadi. Germes tilni, yozuvni kashf etgan kuch ham hisobla­nib, tushuntirish, talqin masalalari uning nomi bilan bog‘lanadi. Germenevtika – talqin nazariyasi, ma'noni anglatish ta'limoti bo’lib, aksariyat hollarda qadimgi matnlarni sharhlashda qo’llanilgan. Ilk bor germenevtikadan «Iliada» va «Odisseya» asarlari talqinida foydalanilgan. Keyinchalik Arastu va Aflotunlar germenevtika haqida asar yozdilar, g‘arb va sharqda ularning asarlari keng, teran talqin qi­lina boshlandi.

  • Aristotelning «Germenevtika» asari talqin, uning nazariyasi haqidagi ilk ilmiy asar. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqa olimlar Aristotel ta'sirida talqin fani rivo­jiga hissalarini qo’shdilar. Sharqda, Farbda, qadimda va hozir talqin haqida ko’plab asarlar yaratilmoqda. «Germenevtika» yunoncha soʻzdan paydo bo’lib, «tushuntira­man», «talqin qilaman» degan ma'noni anglatgan. Qadim­gi yunon mifologiyasi Germesni olimp ilohlarining qosidi, ahli tijorat piri sifatida ko’rsatgan. Sharq-musul­mon adabiyotida Surush obrazi bot-bot uchraydi. U hojatba­ror, mushkulliklarni hal qiluvchi kuch sifatida ko’rsati­linadi. Germes tilni, yozuvni kashf etgan kuch ham hisobla­nib, tushuntirish, talqin masalalari uning nomi bilan bog‘lanadi. Germenevtika – talqin nazariyasi, ma'noni anglatish ta'limoti bo’lib, aksariyat hollarda qadimgi matnlarni sharhlashda qo’llanilgan. Ilk bor germenevtikadan «Iliada» va «Odisseya» asarlari talqinida foydalanilgan. Keyinchalik Arastu va Aflotunlar germenevtika haqida asar yozdilar, g‘arb va sharqda ularning asarlari keng, teran talqin qi­lina boshlandi.

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling