Moturidiylik taʼlimoti Moturidiylik taʼlimoti - Abu Mansur al-Moturidiy nomi tilga olinganda, avvalo butun musulmon olamida eʼtirof etilgan ikki aqidaviy taʼlimot ashʼariya va moturidiya koʻz oʻngimizda namoyon boʻladi. Abu Mansur al-Moturidiyning kelajak avlodga qoldirib ketgan ilmiy-maʼnaviy merosini tahlil qilish orqali, u oʻz asarlari orqali oʻsha davrda islom eʼtiqodlariga zid boʻlgan turli aqidaviy oqim va toifalarga qarshi kurashganiga guvoh boʻlish mumkin. Ayniqsa, xalifa Maʼmun davrida gullabyashnagan muʼtaziliylarning islom aqidasiga zid hisoblangan qarashlariga qarshi kurashishga Moturidiy oʻzining butun umrini sarflagan. Hanafiya ulamolari hisoblangan Moturidiya taʼlimoti vakillari Moturidiyni oʻzlarining aqidadagi imomlari deb hisoblashgani va unga nisbatan “Imom al-huda” (Hidoyatga yetaklovchi imom), “Imom al-mutakallimin” (Mutakallim olimlar imomi), “Musahhih aqoid al-muslimin” (Musulmonlar aqidasini isloh qiluvchi), “Imom az-zohid” (Zohid, taqvodor imom) va “Rais ahli sunna val jamoa” (Ahli sunna val jamoa raisi) kabi bir necha laqablar bilan ulugʻlaganlari, ular nazdida Imom Moturidiyning ilm, sogʻlom eʼtiqod va aqida himoyasi borasida beqiyos hurmatga ega boʻlganidan dalolat beradi.
ManbalardaMoturidiyning xorij safarlariga borganligi haqida xabarlar uchramaydi.Ammo Moturidiy Movarounnahrda Abu Hanifa Nuʼmon ibn Sobitning fiqhiy va aqidaviy qarashlarini saqlab qolgan va keyinchalik oʻzining “moturidiya” deb tan olingan taʼlimotiga tamal toshini qoʻyib ketgan olim sifatida shuhrat qozongan. U oʻzining butun umri davomida kalom, aqoid (aqida) ilmi bilan mashgʻul boʻlgan. Qomusiy manbalarda bizgacha Abu Mansur Moturidiyning koʻplab asarlari haqidagi maʼlumotlar yetib kelgan. Manbalarda taʼkidlanishicha,Moturidiy uch yoʻnalishda, yaʼni kalom, tafsir va fiqh boʻyicha asarlar yozgan. Moturidiya taʼlimotining mashhur vakili Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida Moturidiy qalamiga mansub “Kitob attavhid”, “Taʼvilot al-Qurʼon al-karim”, “Kitob al-maqolat”, “Kitob radd al-avoil al-adilla lil Kaʼbiy”, “Kitob radd tahzib al-jadal lil Kaʼbiy”, “Kitob bayon vahm al-muʼtazila”, “Kitob fir radd alal qaromita”, “Radd vaid al-fussoq lil Kaʼbiy”, “Radd kitob al-imoma li baʼz ar-ravofiz”, “Radd al-usul al-hamsa li Abi Umar al-Boxiliy”, “Sharh al-jomiʼ assagʻir”, “Kitob al-jadal fi usul al-fiqh”, “Maʼxaz ash-sharia fi usul alfiqh” nomli asarlarni koʻrsatib oʻtgan: - Moturidiyning asosiy asarlari „Kitob at-tavhid“ („Yakkaxudolik haqidagi kitob“), „Taʼvilat ahl as-sunna“dir („Sunniylik anʼanalari sharhi“). „Kitob at-Tavhid“ bilish nazariyasi bayon qilingan musulmon ilohiyotshunosligining birinchi asari hisoblanadi. Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, naql — rivoyatlar vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. Moturidiy sof din doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining haqiqatdan yiroq ekanligi tahlil etilgan. Moturidiy „Din yoʻlidagi barcha adashuvlarning sababi — riyokor kimsalarga koʻr-koʻrona ergashishdadir“, deb taʼkidlagan edi.
- Moturidiy ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixtiyor, eʼtiqod, oxirat hayoti kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. „Maʼxaz ash Shariʼa“ („Shariat asoslari sarasi“), „Kitob al-usul“ („Diniy taʼlimot asoslari kitobi“), „Kitob al-jadal“ („Dialektika haqidagi kitob“) kabi asarlari shular jumlasidandir. Moturidiy Abu Hanif qarashlarini tushuntirib berib, uni rivojlantirdi. Abul Hasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan Islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik eʼtiqodiga kirib qolgan notoʻgʻri, gʻayri sahih aqidalardan tozaladi. Moturidiy qarashlari oʻz davrida mintaqaning madaniy va ilmiy ravnaqita sabab boʻlgan. Chunki Moturidiy din asoslarini mantiqan tushuntirgan, tanlov huquqi va ijtimoiy hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. Moturidiy jami 15 ga yaqin asar taklif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va fiqhga oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. Moturidiyning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. Uning Qurʼon tafsiriga bagʻishlangan „Taʼvilot al-Qurʼon“ asari va uning uzviy davomi hisoblanmish „Irshad al-mubtadiyin fiy tajvidi Kalami Robbil 'alamin“ („Qurʼon oʻqishga kirishganlar uchun qoʻllanma“)
- Moturidiylikning keng yoyilishiga uning moʻtadillik yoʻlini tutganligi, aqidaviy masalalarda Qurʼon, hadis va aqlu idrok, mantiq hamda haqiqatga eng yaqin turganligi sabab boʻyadi. Imom Moturidiy tarafdorlari bilishda faqat aqlga suyanish kerak, degan muʼgaziliylardan farqli oʻlaroq, aql bilan naqlni qoʻshib foydalanish zarur, deb hisoblaganlar. Muʼtaziliylar Qurʼonni yaratilgan desalar, moturidiylar uni qadim, azaliy, deb biladilar. Imon-eʼtiqod xususida moturidiylik taʼlimoti, ayniqsa, diqqatga sazovor. Muʼtaziliylar imonning shartlari 3 ta, yaʼni til bilan iqror, dil bilan tasdiq va amal bilan ijro etish, desalar, moturidiylikda imonning shartlari 2 ta, yaʼni til bilan iqror etish va dil bilan tasdiklash, amallarning oʻrni esa boshqa, deb taʼrif qilinadi. Moturidiylik har bir insonning taqsiri Alloh tomonidan belgilab qoʻyilganiga qaramay, u oʻz xatti-harakatlari uchun javobgardir, deb biladi. Moturidiylikka koʻra, inson imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtish va toʻgʻri yoʻlni topish uchun keng imkoniyatlar berib qoʻyilgan. U oʻz xatti-harakatlarida ixtiyorlidir.
Abu Mansur Moturidiy umri davomida faqihlar, muhaddislar bilan muloqotda bo‘lgan va munozaralar olib borgan. U islom dinining hanafiy mazhabini Movarounnahrda tarqatish va o‘zidan keyingi avlodlarga qusursiz yetkazish ishiga muhim hissa qo‘shdi. Moturidiy o‘z davrining islomiy ilmlari sohasida eng yetuk bilim sohibi hisoblanib, musulmon dunyosi olimlari tomonidan tan olingan va hozirda ham turli diniy asarlarda zo‘r ehtirom bilan tilga olinadi. Eʼtiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |