8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


QARAMA-QARSHI QUTBLI ERITUVCHILAR YORDAMIDA TOZALASH


Download 52.23 Kb.
bet4/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

QARAMA-QARSHI QUTBLI ERITUVCHILAR YORDAMIDA TOZALASH

  • Bunda qutbsiz ajratuvchida olingan ajratmaga qutbli erituvchi suv qoʻshilsa, taʼsir etuvchi modda suvli qatlamga oʻtadi, begona moddalar esa qutbsiz qatlamda qoladi. Masalan, adonizid olishda xloraformli ajratmaga suv qoʻshib, xloroform bugʻlatiladi, bunda taʼsir qiluvchi modda suvga oʻtadi, begona moddalar esa qutbsiz xloroformda qolib, choʻkmaga tushadi, suzish bilan tozalanadi.

XROMATOGRAFIK USUL - SORBSIYA

  • Gazlar, bugʻlar va erigan moddalarning qattiq yoki suyuq moddalarga yutilishiga sorbsiya deyiladi.

Adsorbsiya
Absorbsiya
Xemosorbsiya

Adsorbsiya — moddalarning sorbent yuzasiga yutilishidir. Sorbentlarda juda koʻp miqdorda gʻovakchalar boʻlganligi uchun yuzasi katta boʻladi. Masalan, 1 g faollashtirilgan koʻmir ajratmadan faqat maʼlum moddalarnigina shimib olish qobiliyatiga ega.

  • Adsorbsiya — moddalarning sorbent yuzasiga yutilishidir. Sorbentlarda juda koʻp miqdorda gʻovakchalar boʻlganligi uchun yuzasi katta boʻladi. Masalan, 1 g faollashtirilgan koʻmir ajratmadan faqat maʼlum moddalarnigina shimib olish qobiliyatiga ega.
  • Absorbsiya—moddalarning butun hajmli boʻlguncha qattiq yoki suyuq fazaga yutilishidir. Masalan, efir moyini olishda absorbsiyadan foydalaniladi. Oziq-ovqat va dori moddalarning tanada soʻrilishi xam absorbentlar orqali amalga oshadi.

ADSORBSIYA

ABSORBSIYA

XEMOSORBSIYA

  • Xemosorbsiya — moddalarning kimyoviy birikma hosil qilib yutilishidir. Xemosorbsiyaga ion almashinishlar misol boʻla oladi. Novogalen preparatlarini ishlab chiqarishda absorbsiyaga nisbatan koʻproq adsorbsiya ishlatiladi. Adsorobsiya jarayoni quyidagicha olib boriladi: tozalanadigan ajratma sorbent bilan toʻldirilgan kolonka orqali maʼlum tezlikda oʻtkaziladi. Bunda adsorbentda biofaol yoki begona moddalar yutiladi, qolganlari erituvchi oqim orqali kolonkadan oʻtadi. Soʻng, agar taʼsir qiluvchi modda yutilgan boʻlsa, tegishli erituvchi bilan yuvib, ajratib olinadi. Adsorbent cheklangan yutish qobiliyatiga ega ekanligi sababli, u toʻyinguncha jarayon davom ettiriladi. Koʻpincha adsorbsiya jarayonida issiqlik ajralib chiqadi buning uchun haroratni pasaytirish adsorbsiya jarayonini tezlashtiradi, haroratni koʻtarish esa teskari yaʼni desorbsiyani tezlashtiradi. Adsorbsiya koʻproq sorbentlardagi molekulalararo kuchlarning tortishishi hisobiga qutbli sorbentlarda esa elektr kuchlarini oʻzaro taʼsiri natijasida amalga oshadi. Masalan, faollashtirilgan koʻmirdagi adsorbsiya molekulalararo qutblanishni amalga oshirsa, silikagelda elektr kuchlari taʼsirigacha sodir boʻladi. Sorbent yuzasida yupqa monomolekulalar hosil qilib yutiladi va uning miqdori adsorbent yuzasiga bogʻliq boʻladi. Adsorbent harakatlantiruvchi kuch adsorbsiyalangan modda bilan modda konsentratsiyasi orasidagi bogʻliqlik boʻlib bu farq qancha katta boʻlsa, jarayon shuncha katta boʻladi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling