8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


Download 52.23 Kb.
bet2/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

NOVOGALEN PREPARATLARI

  • Keyinchalik ishlab chiqarish texnologiyasi takomillasha borib, boshqa guruh biologik faol moddalar saqlovchi dorivor oʻsimliklardan novogalen preparatlari ishlab chiqarila boshlandi. Ular dorivor oʻsimliklardan olingan boʻlib, oʻz tarkibida taʼsir qiluvchi moddalar majmuasini tabiiy holda saqlaydigan va yot moddalardan toʻla tozalangan, turgʻinlashtirilgan boʻlib, taʼsir qiluvchi moddasi boʻyicha baholanadi. Bu bilan ular nastoyka va ekstraktlardan farq qiladi. Novogalen preparatlari taʼsiri boʻyicha toza moddalarga yaqin boʻlsa ham, terapevtik taʼsir qilishi koʻlami ancha kengligi, hamda taʼsir qiluvchi moddalar majmuasini saqlashi bilan galen preparatlarga yaqin turadi. Bu preparatlarni tayyorlash usullari xar biri oʻziga xos boʻlsada, asosan xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash, ajratma olish, yot moddalardan tozalash, baholash va qadoqlash bosqichlaridan iborat boʻladi. Ajratma olishda avvalgi boʻlimlarda bayon etilgan hamma usullardan foydalanish mumkin. Oʻsimlik xom ashyolari Galen preparatlariga oʻxshash tayyorlanadi.

NOVOGALEN PREPARATLARI

  • Novogalen preparatlarini tayyorlashda ajratuvchini tanlash asosiy bosqichlardan hisoblanadi. Ajratuvchilarni shunday tanlab olish lozimko ular selektiv xossaga ega boʻlib, xom ashyodan iloji boricha taʼsir qiluvchi moddalar majmuasini toʻla ajratadigan, begona moddalarni esa ajratmaydigan, yoki kam miqdorda ajratadigan boʻlishi lozim. Ular yaxshi adsorbent va desorbent, yuqori diffuzion hossali, oson bugʻlanadigan arzon, alangalanmayidagan va portlamaydigan boʻlishlariga qarab tanlanadi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatli spirt, ogʻir metall tuzlari eritmasi, universal ajratuvchi (hajm boʻyicha 95 qism xloform va 5 qism 95% li spirt ishlatiladi) Ogʻir metall tuzlari eritmasini olishdan maqsad xom ashyo hujayralaridagi biofaol moddalar suvda erib, ajratmaga oʻtadi, yuqori molekulali biofaol moddalar esa ogʻir metallar bilan choʻkma hosil qilib, hujayrada qoladi. Ajratma asosan matseratsiya, aylanma (sirkulyasion) matseratsiya, kasrli matseratsiya va baʼzan ultratovush yordamida olinadi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling