Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


Download 2.77 Mb.
bet1/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2


H.T. AVEZOV
Z.A.SULAYMONOVA


BIOFAOL MODDALAR KIMYOSI FANIDAN LABORATORIYA MASHG'ULOTLARI
H.T. AVEZOV Z.A.SULAYMONOVA


BIOFAOL MODDALAR KIMYOSI FANIDAN LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI


Buxoro – 2021


Ushbu qo’llanmada “Biofaol moddalar kimyosi” fani bo’yicha bajarilishi lozim bo’lgan tajribalar yoritilgan. Keltirilgan tajribalar Buxoro davlat universitetining Organik va fizkolloid kimyo kafedrasida olib boriladigan laboratoriya ishlari asosida tuzilgan.
Kimyo yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan ushbu qo’llanmaning birinchi qismida dorivor o’simliklar haqida yetarlicha ma’lumot berilgan. Ularning geografik tarqalishi, kimyoviy tarkibi va ishlatilishi keng yoritilgan. Ikkinch qismida esa 21 ta laboratoriya ishining qisqacha nazariy qismi va bajariladigan tajribalar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu talabalarning tegishli mavzuni oson o’zlashtirib, kengroq tushuncha hosil qilishlari uchun ko’mak beradi.
Qo’llanma nafaqat universitet talabalari uchun, balki tibbiyot institutida tahsil oluvchilar uchun ham foydalidir.
Taqrizchilar:
М.A.Tursunov – Buxoro davlat universiteti organik va fizkolloid kimyo kafedrasi dotsenti, k.f.f.d.
M.M.Amonova – Buхоro davlat tibbiyot instituti biokimyo kafedrasi mudiri, PhD

Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ilmiy kengashining 2021 yil 2 fevraldagi va o`quv-metodik kengashning 2021 yil 23 fevraldagi 7-sonli bayonnomasi bilan chop etishga ruxsat etilgan.





  1. QISM. Dorivor o’simliklar to’g’risida umumiy ma’lumot
    1. Iqlimlashtirilgan dorivor o‘simliklardan xalq tabobatida foydalanish


Rozmarin (Rosmarinus officinalis) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, ko'p yillik dorivor o'simlik bo'lib, bo'yi 1,5–2 m gacha yetadigan doim yashil buta. Poyasi tik o'sib, yosh novdalari to'rt qirrali, oqish qalin, quyuq tuklar bilan qoplangan. 3-4 yillik shoxlari yog'ochlashgan. Urug'i silliq, mayda, och jigarrang yoki to'q jigarrangda, yaltiroq, cho'zinchoq yong'oqcha. Erta bahorda fevral oyidan may oyigacha gullab turadi.
Geografik tarqalishi.Vatani O'rtayer dengizi mamlakatlari bo'lib, G'arbiy Yevropa janubida Madeyra orollaridan Kichik Osiyogacha, Afrikada esa Jazoir va Tunisdan tortib markaziy rayonlargacha keng tarqalgan. Sharqda Kichik Osiyoning Turkiya va Livan hududlarida uchraydi.
Kimyoviy tarkibi. Rosmarinus officinalis L. tarkibida efir moylarini ko'p saqlashi bilan qimmatlidir. Efir moyininig katta miqdorini gullash davriga o'tish vaqtida hamda meva hosil qilish davrida to'playdi. Efir moylarini gidrodistillyatsiya (bug’lantirib toza, sof suv, suyuqliq hosil qilish) usulida ajratib olinadi. Bir yillik novdalardan olingan efir moylari och yashil rangli, havoni tozalovchi xushbo'y hidli suyuqlik bo'lib, pinin

(30 %), kamfora (7 %), kariofilen va bornilatsetatdan tarkib topgan. Shuningdek, barglarida alkaloidlar, kislotalar, oshlovchi moddalar, smolalar, achchiq moddalarni uchratish mumkin.

Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling