Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


-rasm. Rosmarinus officinalis – dorivor


Download 2.77 Mb.
bet2/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

1-rasm. Rosmarinus officinalis – dorivor rozmarin

Ishlatilishi. Hozirgi kunda Rosmarinus officinalis L. o'zining shifobaxsh xususiyati bilan tibbiyotda o'z o'rnini topgan. Rozmarindan dorivor kukun tayyorlash uchun uning yer ustki organlari tarkibidagi efir moyidan foydalaniladi. Ayniqsa, rozmarin organlaridan ajratib olib tayyorlangan rozmarin moyi juda qimmatli hisoblanadi.
Bronxial astmada o'simlik qaynatmasidan har kuni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Qon bosimi tushganda, yurak faoliyati o'zgarishida, hayz ko'rish jarayonini tezlatishda rozmarin bargidan tayyorlangan qaynatmadan davolovchi vosita sifatida foydalanilgan.
Xalq tabobatida bir yillik novdalaridan iste'mol qilinganda jinsiy zaiflikda

quvvatni oshiruvchi, ayollarda klimaks (jinsiy bezlar faoliyatining, hayz ko'rishning to'xtay borish davri) davrida nerv faoliyatining buzilishini tartibga soluvchi, yurak sohasi og'riganda va oshqozon sanchiganda og'riq qoldiruvchi, oshqozon - ichak kasalliklarida oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiruvchi va hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida ta'sir ko'rsatadi. Nevralgiya (asab sistemasining biror yeri kasallanishi yoki yallig'lanishi natijasida paydo bo'ladigan og'riq), revmatizm, parotit, trombofibit kasalliklarida, yaralar bitishida surtma sifatida foydalanilsa ijobiy natija beradi. Bosh aylanishi va asab buzilishida xuddi choy kabi damlab ichish tavsiya etiladi.
Rozmarin moyi kuchli antiseptik va tetiklantiruvchi ta'sir ko'rsatib, qon aylanishi va hujayralarning tiklanishini tezlashtiradi. Shuning uchun yog'li terida qon aylanishi buzilganda foydalaniladi. Ajoyib burishtiruvchi xususiyati bilan teridagi teshikchalarni toraytirib, terining yuzasini silliqlaydi va qora husnbuzarlardan tozalaydi.
Qo‘llaniladigan qismi. O‘simlikning yer ustki qismlari.


Tog' jambili (Thymus vulgaris) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, ko'p yillik xushbo'y o'simlik bo'lib, bo'yi 40–60 sm ga yetadigan yarimbuta. Asosiy ildizi pastga qarab burama hosil qilib o'rnashgan. Poyasi
tik o'suvchi, yuqori qismidan shoxlanadigan, pastki qismi yog'ochlangan shoxlari sertuk va to'rt qirrali. Gullari shingilsimon to'pgulda to'planadi. Avgust-sentabr oylarida meva hosil qilib, urug' beradi.
Geografik tarqalishi.Tog' jambilning vatani O'rtayer dengizining shimoli - g'arbiy qismi hisoblanadi. Krasnodar



o'lkasi, Qrimda, Ukrainaning janubiy tumanlarida, Moldaviyada tog' jambilini efir moyi olish uchun yetishtiriladi.

Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling