Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi
Download 2.77 Mb.
|
efir moylari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorivor o‘simliklar turlarining sistematik tahlili
2-rasm. Thymus vulgaris – tog' jambil
Kimyoviy tarkibi. Tog'jamibilning tarkibidan efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib o'stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borneol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan. Bundan tashqari tog'jambilda azotli moddalar, qand, kletchatka, mineral moddalar bor. Ishlatilishi. Tog'jambildan tabobatda dezinfeksiyalovchi, og'riq qoldiruvchi, balg'am ko'chiruvchi, gijjaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Quyuq ekstraktlaridan esa tomoq va bronxlar, oshqozon - ichak kasalliklarida, uyqusizlik, bo'g'im kasalliklari, asab va teri kasalliklarida, hamda stomatologik muammolarda ishlatiladi. Bu o'simlik spirtli ichimliklarga moyillikni kamaytirib, alkogolizmni davolashda qo'llaniladi. Radikulit, revmatizm va moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog'liq kasalliklarda tog'jambil o'simligidan vanna qilish yo'li bilan davolanish tavsiya etiladi. Bolalar tajribasida esa uyqusizlik, toshma toshishi, teri kasalliklari, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi kasalliklarda ham foydalaniladi. Teri kasalliklarida jambildan tayyorlangan suyuklikka dokani namlab terining xastalangan qismiga bog'lanadi. Xalq tabobatida tog' jambil siydik va ter haydovchi, ishtaha ochuvchi omil sifatida, yo'tal va tumovga qarshi, dizenteriya, me'da xastaliklarida, bosh og'rig'i, ichak faoliyatining buzilishida tavsiya etiladi. Qaynatmani sovutilgan holda ovqatdan oldin kuniga 3 mahal yarim stakandan ichiladi. Stomatitda og'iz bo'shlig'i to'liqligicha jambil qaynatmasi bilan chayqaladi. Tog'jambilining quyuq ekstrakti “Pertussin” tarkibida bo'lib, yo'talni yumshatish, bronxit, yuqori nafas yo'llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Dorivor o‘simliklarning botanik tasnifi quyidagi jadvalda berilgan. Dorivor o‘simliklar turlarining sistematik tahlili
Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling