Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi
-rasm. Peganum harmala L. - Isiriq
Download 2.77 Mb.
|
efir moylari 2
16-rasm. Peganum harmala L. - Isiriq
Qo‘llaniladigan qismi. Yer ustki qismlari. Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning hamma qismlarida 1,5-6%, ildizida 2,15- 2,7%, urug‘ida 4,25-10% gacha zaharli alkaloidlar: garmin, garmalin bo‘ladi; gullari va poyalarida peganin, garmol, garmonin va boshqa alkaloidlar bor. Bundan tashqari urug‘larida yog‘li moy, bo‘yoq moddalari va boshqa moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. Garmin alkaloidining xlorgidrat tuzi ensefalit kasalligining asoratini, tutqanoq, qaltiroq va Parkinson kasalliklarini davolashda qo‘llanilgan. Dezoksipeganin gidroxloridning ampuladagi eritmasi miasteniya, miopatiya va boshqa muskul kasalliklarini hamda nevrit kabi asab kasalliklarida ishlatiladi. Gripp kasalligi avj olgan paytlarda isiriqni tutatib, bemor yotgan xonani dezinfeksiya qilish yaxshi natija beradi.Isiriq qadim zamonlardan beri xalq tabobatida keng ishlatib kelinadi. Ibn Sino uning yer ustki qismini ezib, bo‘g‘inlar og‘riganda va nervlar shamollaganda og‘rigan yerlarga bog‘lashni tavsiya etgan. O‘sha vaqtlarda ham isiriqning og‘riqni qoldirish xususiyati tabiblarga ma’lum bo‘lgan. O‘simlikning yer ustki qismlaridan tayyorlangan qaynatma xalq orasida bod, bezgak, tutqanoq, uyqusizlik, shamollash va boshqa kasalliklarni davolashda tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Bu qaynatma teri kasalliklarida ham shifo bo‘ladi. Shuningdek, yer ustki qismining qaynatmasi terlatuvchi va siydik haydovchi ta’sirga ega. Nafas qisish va nafas olish qiyinlashgan vaqtlarda isiriq urug‘i qaynatmasini zig‘ir urug‘i qaynatmasi bilan, zaxm va bod kasalliklarida esa isriq urug‘i qaynatmasini qalampir urug‘i qaynatmasi bilan birga qo‘shib ichish tavsiya qilinadi. Na’matak (Rosa canina) turlari Ra’noguldoshlar Rosaceae oilasiga mansub, bo‘yi 1,5-3 m, ba’zan 6 m ga yetadigan tikanli buta. Novdalari egiluvchan bo‘lib, yaltiroq, qo‘ng‘ir - qizil yoki qizil - jigarrang po‘stloq bilan qoplangan. Shakli va rangi turlicha, shirali, gul o‘rnidan hosil bo‘lan soxta mevalarga ega. Aprel-avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul-oktabrda yetiladi. Download 2.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling