Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


Download 2.77 Mb.
bet17/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

rasm. Mentha asiatica - yalpiz

Belorus, Maldova, Shimoliy Kavkaz, Tojikistonda ko'p ekiladi. Osiyo yalpizi O'rta Osiiodagi hamma respublikalarda keng tarqalgan.
Kimyoviy tarkibi. Yalpiz barglarida anchagina efir moylari, jumladan mentol, shuningdek dipepten, fellandren, sineol, pulegon, mentofuran, mentol bilan sirka va valerian kislota efirlari, karotin, gesperidin, betain, ursol va olein kislotalar bor. Barglaridan flavonoidlar ham topilgan. Osiyo yalpizida efir moylaridan tashqari oshlovchi moddalar, vitamin C, katexinlar ham topilgan. Yalpizning tarkibidan efir moyi va timol moddasini olish uchun maxsus ekib o'stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol, borneol, pinen, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham borligi aniqlangan.
Ishlatilishi. Yalpiz bargi preparatlari, efir moyidan tayyorlangan yalpiz suvi, nastoykasi ko'ngil aynishiga va qusishga qarshi hamda ovqat hazm qilish

jarayonini yaxshilashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yalpiz suvi og'iz chayqash va miksturalar ta'mini yaxshilash uchun qo'llaniladi. Efir moyidan ajratib olingan mentol quloq, burun, nafas yo'llari kasalliklarida hamda tish og'rig'ini qoldirish uchun ishlatiladi. Mentoldan bosh og'rig'ini qoldiradigan migren qalami tayyorlanadi. Mentol preparati - validol, ko'krak qisish (stenokardiya) kasalligida ishlatiladi. Yalpiz - xalq tabobatida yuqori nafas yo'llarining o'tkir va surunkali kasalliklarida ko'p ishlatiladi. Galen preparatlari tinchlantiruvchi, o't va siydik haydovchi, yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiradigan, antiseptik, terlatadigan, yel haydaydigan, ich surishini to'xtatadigan xossalarga ega. Ibn Sino fikriga qaraganda, bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi va qayt qilish vaqtida, hiqichoq tutganida, sariq kasalligi, yurak va hazm organlari ishi buzilganida yalpiz naf beradi. Yalpiz urug'i issiqlik bo'lib, tananing ichkarisidagi shiralarni tortib oladi va shu tariqa odamni terlatadi. Yalpiz urug'ini may (sharob) ga solib qaynatib yoki anjir bilan qo'shib ichilsa, balg'am ancha yumshaydi, lat egan joylarga bog'lam qilib qo'yilsa, qontalashlarni yo'qotadi. Odam eti uvishib, qaltiraganida, uni chayon chaqib olganida, muskullari lat eganida yalpiz qaynatmasini ichish buyuriladi. Undan vanna qilish uchun ham foydalaniladi. Yalpiz preparatlari kapillyarlarda qon aylanishi va ichak harakatini, hazm bezlari ishini kuchaytiradi, o‘t va siydik ajralishini ko‘paytiradi. Yalpiz barglarida mentol bo‘lganligidan, u mikroblarga qarshi ta’sirni ham namoyon qiladi.
Qo‘llaniladigan qismi. O‘simlikning barglari va to‘pgullari.


Sassiq kovrak (Ferula assa foedita) soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga mansub, bo‘yi 1 m ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
8-9 yildin so‘ng poya chiqaradi. Och sariq rangli, besh bo‘lakli gullari murakkab soyabon to‘pguliga yig‘ilgan. Mevasi qo‘shaloq pista. Mart - aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel - mayda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Sassiq kovrak O‘rta Osiiodagi dashtlarda, yalangliklarda, qumli cho‘llarda, unumdor tuproqli yerlarda, ba’zan tog‘ oldi tekisliklarida o‘sadi.
Qo‘llaniladigan qismi. Tibbiyotda sassiq

kovrakning ildizidan olinadigan yelimi - asfetida ishlatiladi. Uni olish uchun poya chiqarmagan o‘simlikning ildiz atrofi chuqur kavlanadi va ildizning


  1. Download 2.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling