Uo‘K: 630*114. 445: 631. 34 Tuproq g‘ovakligini oshiruvchi biosolvent preparati yordamida sho‘r yuvish samaradorligini oshiruvchi qurilma hamrayev G`iyosjon Fayzullo o’g’li


Download 475.38 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi475.38 Kb.
#1204254
Bog'liq
G`iyos aka 2022 biosolvent


UO‘K: 630*114.445:631.34


TUPROQ G‘OVAKLIGINI OSHIRUVCHI BIOSOLVENT PREPARATI YORDAMIDA SHO‘R YUVISH SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI QURILMA


Hamrayev G`iyosjon Fayzullo o’g’li “TIQXMMI” MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti “Ijtimoiy gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi o’qituvchisi, Buxoro shahri, O’zbekiston Respublikasi. Email: ramazonov2020@mail.ru


Annotatsiya: Ushbu maqolada “Tuynukli drenaj hosil qiluvchi qurilma” tuynukli drenaj hosil qilish bilan bir vaqtda tuproq yuza qatlamiga maxsus tuproq g‘ovakligini oshiradigan suyuqlik sepuvchi purkagich va suyuqlikni suvda yuvilib ketmasligini ta’minlash maqsadida tuproq ichiga singdirish, tuproq namligini saqlash maqsadida tekslagich-zichlagich moslamasi bilan jihozlangan bo‘lib, sho‘r yuvishda tuproq g‘ovakligini oshirish orqali tuproq tarkibidagi zararli tuzlarni oson yuvilishini ta’minlash imkonini beradigan suv tejamkor texnologiya keltirilgan.
Kalit so’zlar: Tuynuk, drenaj, qurilma, sho‘r, yer, haydalma, qatlam, ish organ, tejamkor, texnologiya, biosolvent, filtratsiya , preparat.


УСТРОЙСТВО ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ СМЫВКИ СОЛИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ПОВЫШАЮЩЕЙ ПОРИСТОСТЬ ПОЧВЫ ПРЕПАРАТА БИОРАСТВОРИТЕЛЯ.


Аннотация:
Ключевые слова:


DEVICE FOR INCREASING SALT WASHING EFFICIENCY USING SOIL POROSITY-INCREASING BIOSOLVENT PREPARATION
Annotation:
Key words:

Qurilma qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasiga, xususan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda va tuproq tarkibidan zararli tuzlarni chiqarib yuborish va yerlarning unumdorligini oshirish jarayoniga taluqlidir.


Ma’lumki, Respublikamizning ko‘pgina viloyatlarida ekin maydonlarining tuproq mexanik tarkibi bo‘yicha og‘ir, qiyin o‘zlashtiriladigan maydonlar mavjud bo‘lib, bu maydonlar turli xil usullar bilan o‘zlashtiriladi, shulardan biri qurilmalar yordamida agrotexnik tadbirlar o‘tkazishdir. Ushbu tadbirni amalga oshirish uchun mavjud qurilma, sho‘rlangan yerlarda kuzgi sho‘r yuvishdan oldin tuynukli drenaj hosil qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagicha tuzilishga va ishlash prinsipiga ega (1-rasm).




1-rasm. Takomillashgan tuynukli drenaj hosil qiladigan tajribaviy qurilma.

1-o‘rta rama osmasi; 2-P-simon shakldagi chetki ramalar; 3-markiyorlar; 4-markiyor prujinasi; 5-chetki ish ustunlari; 6-o‘rta to‘g‘ri ish ustuni; 7-tayanch g‘ildiraklari; 8-po‘lat arqonlar; 9-konus uchli silindrlar; 10-tayanch g‘ildiraklar va ish ustunlarini ko‘tarib tushirish moslamasi; 11 - P -simon chekka ramalarni o‘rta ramaga mahkamlovchi boltlar; 12-biosolven trubasi; 13- biosolven purkagich; 14- biosolven bochkasi;



Qurilmaning osma ramasi ikki qismga, ya’ni old va orqa ramalarga bo‘linadi. Old va orqa rama orasida o‘rnatilgan gidrotsilindr yordamida orqa ramani ish ustuni, ishchi organ konus uchli, po‘lat arqon bilan birgalikda ishchi va transport holatlarida bo‘lishini ta’minlab turadi. Orqa ramda o‘rnatilgan ish ustunining ishlov berish chuqurligini ishga tushirish oldidan o‘zgartirish mumkin. Yumshatuvchi ish organi sirti to‘lqinsimon shakldagi uncha katta bo‘lmagan burchak ostida joylashgan yumshatkich (doloto) ish ustuni va konus uchli silindrni bog‘lovchi po‘lat arqon va tuynukli drenaj hosil qiluvchi konus uchli silindr bilan jihozlangan.







2-rasm. Biosolvent va dala tajriba qurilmasi
Qurilma yuqori quvvatli traktor yordamida belgilangan maydon bo‘ylab harakatlanganda birinchi qavatda 40 sm dan 45 sm gacha va ikkinchi qavat yer yuzasidan 70 sm dan 80 sm chuqurlikda tuynukli drenajlar hosil qilib, tuproq g‘ovakligini oshiruvchi biosolvent preparatini sepadi, preparatni suvda yuvilib ketmasligi uchun 5 sm dan 7 sm gacha chuqurlikka singdirish hamda quyosh nuridan himoya qilish maqsadida tekislagich - zichlagich moslamasi bilan ishlov beriladi buning natijasida yerning barcha qismida g‘ovaklik bir xil bo‘lib tuproq tarkibidagi zararli tuzlarni suvda oson erib tuproq ostiga shimilishi orqali tuynukli drenajlarga sizib o‘tadi, muvaqqat ariqlar va ular orqali markaziy zovurlarga chiqarib yuboriladi. Natijada sho‘rlangan, qiyin o‘zlashtiriladigangan tuproqlar tarkibidagi mavjud suvga eruvchi zararli tuzlarni chiqib ketishiga erishiladi, so‘ngra kerakli organik moddalar kiritilib, tuproq strukturasi boyitilsa unumli tuproqqa aylanadi (2-rasm).
Yuqorida bayon etilgan texnologik jarayon orqali ekin maydonlariga agromeliorativ tadbirlar amalga oshirilsa, sho‘r yuvishda suv, energiya va resurslari tejashga erishiladi.
Download 475.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling