Interval suv deb neftli va gazli qatlam (gorizont, majmua)lar oralig’ida joylashgan suvga aytiladi. Bunday suv neft va gaz qazib olishda yagona ishlatish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Interval suv deb neftli va gazli qatlam (gorizont, majmua)lar oralig’ida joylashgan suvga aytiladi. Bunday suv neft va gaz qazib olishda yagona ishlatish ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.
Grunt suvi deb yer yuzasidan pastdagi birinchi suv o’tkazmaydigan qatlam ustida joylashgan suvli gorizontdagi yer osti suviga aytiladi. Bunday suvlar atmosfera va yer usti suvlari bilan bog’liq bo’lib, erkin suv yuzasiga ega. Grunt suvi chaqiq va mustahkam sementlanmagan jinslarda (qatlam turidagi suv) yoki jins yoriqlarida (yoriq suvi) uchraydi. Grunt suvining tarqalish maydoni bilan ta’minlanish maydoni bir-biriga mos tushadi. Grunt suvi o’ziga xos tarqalish maydoni bilan tavsiflanadi, tekis maydonlarda kenglik zonalligiga, tog’li mintaqalarda vertikal zonallikka ega.
Qatlam suvining minerallanishi deb suvning tarkibidagi erigan tuzlar, ionlar va kolloidlarning umumiy miqdoriga aytiladi.
Odatda g/100 g yoki g/l da ifodalanadi. Neft va gaz konlari suvlarining minerallanish darajasi keng miqyosda o’zgaradi 1 g/l (chuchuk suvlar)dan 400 g/l gacha va undan ortiq (o’ta sho’r) bo’ladi. Oltita asosiy ionlar (Cl-, SO2-4, HCO-3, Na+, Ca2+, Mg2+)dan tashqari qatlam suvlarida karbonat ioni (CO32-), kaliy (K+) va temir (Fe2+ va Fe3+) ionlari ko’p tarqalgan. Qolgan elementlar(mikrokomponentlar)ning miqdori juda ham kam.
Qatlam suvlarining minerallanishi va kimyoviy tarkibiga ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari (zichligi, qovushqoqligi, yuza tarangligi, elektr o’tkazuvchanligi va b.) mansub.
Qatlam suvlarining minerallanishi va kimyoviy tarkibiga ularning fizik va kimyoviy xususiyatlari (zichligi, qovushqoqligi, yuza tarangligi, elektr o’tkazuvchanligi va b.) mansub.
Neft-gaz konlarini ishlatishda minerallashgan suvlarning yuqori darajada yuvuvchi xususiyatga ega ekanligiga e’tibor berish lozim. Shuning uchun ham uyumga suv haydashda bunday suvlarni ishlatish neftning siqib chiqarish koeffisientini oshirib yuboradi. Shu bilan birga minerallashgan suvlar ishlatilganda neft chiqarib olinayotgan quduqlar tubida tuz yig’ilishi mumkin. Buning natijasida quduqning ishlash sharoiti yomonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |