Qatlamga sun’iy yoki texnik suv qatlam bosimini doimo ushlab turish uchun haydaladi. SHuningdek, quduq qazilayotganda yoki uni ta’mirlashda qatlamga yuborilgan suv ham sun’iy haydalgan suv sanaladi.

Neft-gazli zonalarda dizyunktiv uzilishlar yoriqlari orqali harakatlanadigan suv tektonik suv deb ataladi. Bunday suvlar uyumni ishlatish vaqtida neft-gazli qatlamlarga kirib borib, quduqning suv bosishiga sabab bo’ladi.
Chekka yoki chegara suvlari deb suv-neft tutash yuzasi yoki gaz-suv tutash yuzasi ostida joylashgan suvlarga aytiladi. Bular odatda uyum joylashgan qatlamdagi suvlar bo’lib, ba’zan uyumni yuqoridan qoplab (ustki chekka suvlar), ba’zan ostki tomondan uni yuqoriga itarib (ostki chekka suvlar) turadi. Chekka suvlarning suv-neft (gaz-suv) tutash yuzasidagi qismi ostki suvlar nomi bilan ma’lum. Ostki suvlar neftli qatlamda, bevosita neft (gaz) uyumi ostida joylashadi va undan suv o’tkazmaydigan jinslar orqali ajralmay turadi. Bunday suvlar qatlamlarning qiyalik burchagi kam bo’lgan strukturalarda va katta qalinlikdagi kollektorlarda uchraydi.

Do'stlaringiz bilan baham: |