5. Birgalik olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda qamug’, ənchə (bəlchə), alqu, qop, təzү, tүmən kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
VI-X asrlarda qamug’, qop, təzə, alqu kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
Birgalik olmoshlari ot, sifat va son o’rnida kelib, narsa va predmet miqdorini, sanog’ini bildirgan.
VI-X asrlarda alqu, qop birgalik olmoshlari ishlatilgan bo’lsa, XI asrdan keyin uning ekvivalenti sifatida arab tilidan o’zlashgan hama (hamma) va jam kabi birgalik olmoshlari ishlatilgan.
6. Belgilash olmoshlari. Qadimgi turkiy tilda təkmə kabi belgilash olmoshlari bo’lgan.
Yəmə so’zi o’rni bilan bog’lovchi va ravish funktsiyasida ham ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |