8-ma’ruza. Sinxron mashinalar. Reja: Sinxron mashinalarini vazifalari. Ularning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 88.77 Kb.
bet2/5
Sana03.11.2023
Hajmi88.77 Kb.
#1744706
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-ma’ruza. Sinxron mashinalar.

1. Ayon qutbli,
2. Noayon qutbli.
Aniq namoyon qutbli – ayon qutbli generatorlarning davigateli sifatida ko‘pincha gidravlik turbina ishlatiladi. Shuning uchun bunday generatorlar gidrogeneratorlar – deb ataladi. Ularning aylanishlar tezligi 60 dan 750 ayl/min gacha oraliqda bo‘ladi. Tezlikning bunday katta farqda o‘zgarishi gidrostansiyalarda suvning bosimi va isrofining turlicha bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Gidrogeneratorlarning qutblarini soni gidroturbinaning tezligiga bog‘liq xolda bir necha o‘ntagacha bo‘lishi mumkin.
Masalan, turbinaning aylanishlar tezligi 75 ayl/min va standart chastotasi 50 Gs bo‘lganda
ta juft qutblar yoki 80 ta qutb bo‘ladi.
Yaqqol ko‘rinmaydigan – noayon qutbli sinxron mashinalar asosan rotorningaylanishlar tezligi ko‘p bo‘lgan 1500 ayl/min, 3000 ayl/min tezliklarda qo‘llaniladi. Bunday mashina rotori konstruksiyasining qutblari bo‘rtib chiqmagan qutb sifatida bo‘lib, uyg‘otish chulg‘amlari joylashtiriladigan pazlar silindrsimon shaklda yasaladi. YAqqol ko‘rinmaydigan qutbli sinxron mashinalarni birlamchi dvigateli sifatida bug‘ turbinasi qo‘llanilganligi uchun bu generatorlar – turbogeneratorlar deb ataladi.


1
1.1-rasm. Sinxron mashinalarni konstruksiyasi

Sinxron dvigatellar quvvati bir – necha 10 000 kVA gacha yaqqol ko‘rinmaydi-gan qutbli qilib ishlakb chiqariladi. Yaqqol ko‘rinadigan qutbli sinxron mashinalarni tayyorlash texnologiyasi xamda konstruksiyasining mexaniq mustaxkamligini ularni aylanishlar tezligi 1000 ayl/min dan kam bo‘lgan xollarda qo‘llash tavsiya etiladi.


Sinxron mashinalar ko‘pincha generatorlar sifatida ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarini xammasi deyarli istonosiz sinxron mashinalardir. Sinxron elektrodvigatellar asinxron elektrodvigatellarga qaraganda nisbatan kam ishlatiladi. Ular odatda birday quvvat va bir xil ish rejimida asinxron elektr dvigatellariga qaraganda tejamliroq bo‘lgan xollardagina ishlatiladi. Katta quvvatli sinxron elektrodvigatellari xavo xaydovchi nasoslarda, fazalarni siljitish kompensatorlari sifatida va kichik quvvatlilari esa avtomatik boshqarish sistemalarini qismlarini xarakatga keltirishda qo‘llaniladi.



Download 88.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling