8-ma’ruza: ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) reja: 1


Download 162.44 Kb.
bet1/35
Sana15.11.2023
Hajmi162.44 Kb.
#1774813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
8-ma’ruza ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) r-fayllar.org


8-ma’ruza: ta’lim shakllari, metodlari va vositalari. (2 Soat) reja: 1

8-MA’RUZA: TA’LIM SHAKLLARI, METODLARI VA VOSITALARI. (2 SOAT)
REJA:
1.Ta'lim metodlari, shakllari va vositalari. O‘qitishning og‘zaki metodlari. O‘qitishning amaliy metodlari. O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari.
2.O‘zlashtirishning reproduktiv bosqichidan produktiv ta'limga o‘tish bosqichlari. Ta'lim vositalari.
3.Ta'lim sifatini nazorat qilish va uning turlari. Nazoratning test shakli va uch darajali test topshiriqlarini ishlab chiqish qonuniyatlari.
4.Dars-ta'limning asosiy shakli sifatida. Zamonaviy dars tipologiyasi. Dars tavsifi.
5.Darsni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablar. Darsning o‘quv maqsadlari. Dars jarayonining bosqichlari.
6.Zamonaviy dars tiplari va mezonlari. Dars samaradorligini ta'minlovchi omillar.
Tayanch so’zlar: Ta’lim, dars, tipologiya, nazorat, usul, shakl, vosita, radio, internet, dars.


1.Ta'lim metodlari, shakllari va vositalari. O‘qitishning og‘zaki metodlari. O‘qitishning amaliy metodlari. O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari.
«Metod» so'zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni anglatadi. Filosofiya lug'atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari deya sharhlangan.
Ayni vaqtda, pedagogik manbalarda «ta'lim metodi» tushunchasiga berilgan ta'riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo'lish mumkin. Mazkur o'rinda ularning ayrimlarini keltiramiz:


Ta’lim metodlari -zamonaviy darajada o’quv-tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir. (V.I.Zagvyazinskiy)


Ta’lim metodlari - o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (komponenti) bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi, ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’lanishlarni yuzaga keltiradi. (G.I.Shukina)





Download 162.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling