8-mashg’ulot Mavzu: Tasmasimon chuvalchanglar odam parazitlari: cho’chqa, qoramol


 Talabalar mustaqil bajarishi uchun mavzuga doir vaziyatli masalalar


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1277557
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-аmaliy mashgulot (auditoriya ishi mustaqil ish)

6. Talabalar mustaqil bajarishi uchun mavzuga doir vaziyatli masalalar
1-masala: Bemor axlati(fekaliyi) ovogelmentoskopiya usullari bilan tekshirilganda 
teniidlar tuxumlari aniqlandi. Bemorga qanday tashxis qo’yish mumkin ? 
2-masala: Bemor axlati tekshirilganda, tasmasimon chuvalchangni bo’g’imlari 
(proglatidalari) aniqlandi. Uning bachadoning yon shoxlari hisoblanganda ularning 
soni 30 ga teng edi. Bemorga qanday tashxis qo’yish mumkin ? 
3-masala: Tenioz kasalligini davolayotganda bemorga qustiradigan yoki 
bo’g’imlarni parchalaydigan dorilar berish mumkin emas. Buning sababini tushun-
tirib bering ?
4-masala: Geminolepidoz kasalligini davolash boshqa teniidozlarga nisbatan 
ancha qiyin. Buning sababini tushintiring. 
5-masala: Exinakok pufagining jarohlik yo’li bilan olib tashlash muolajasi 
amalga oshirilayotganda, e'tiborsizlik natijasida qorin bo’shlig’iga pufak suyuqligi 
to’kildi. Bu qanday natijaga olib kelishi mumkin ? 
6-masala: Chala pishirilgan kabob, jigar kabobining iste'mol qilinganda 
exinakokk odamga yuqishi mumkinmi ? Javobingizni isbotlashga harakat qiling. 
7-masala:. Sibir hududlariga xizmat safariga otlanayotgan shaxslarga qanday 
profilaktika choralarni maslahat berish mumkin. 
 
7. Talabalar mustaqil bajarishi uchun mavzuga doir testlar. 
 
1. Sestodalarning erkak jinsiy organlarini belgilang ? 
1. Ko’p sonli pufaksimon yumalok urug’donlar 
2. Ko’p sonli urug’ yullari 
3. Urug’ otib beruvchi kanal 
4. Sirrus xaltasi. 
5. Jinsiy a'zo-sirrus. 
6. 2 ta urugdon, 2 ta urug’ yo’li 
7. Ootip 
8. Sariqdonlar 


9. Melis tanachasi 
10. Qin 
 
2. Sestodalarning urg’ochilik jinsiy a'zolarini belgilang ? 
1. Ko’p sonli tuxumdonlar 
2. Ko’p sonli tuxum yullari 
3. Tuxum otib beruvchi kanal 
4. Sirrus xaltasi 
5. Jinsiy a'zo-sirrus 
6. 2 yoki 3 bo’lakli tuxumdonlar 
7. Oootip 
8. Sariqdonlar 
9. Bachadon 
10. Qin 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling