Kirish va asosiy qism.
Kirish, odatda, vazifaning umumiy hajmining 10%ini tashkil qiladi. Shu sababli, 2000 ta so‘zdan iborat esselarda kirish 200 ta so‘zdan iborat bo‘lishi lozim. Kirishga aniq bir na’muna mavjud emas, chunki ko‘p narsa siz olib borayotgan va davom etayotgan ishning turiga bog‘liq. Lekin quyidagilar uning umumiy xususiyati:
(a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
(a) Kerak bo‘lsa kalit so‘zlar ta’rifining berilishi.
(b) Kerak bo‘ladigan axborot.
(c) Bu mavzu haqidagi boshqa mualliflarning ishlaridan namuna.
(d) Ishning maqsad va vazifalari.
(e) Sizning tadqiqot uslubingiz.
(f) Siz tomoningizdan belgilanadigan biror-bir chegaralar.
(g) Ishingizning rejasi.
Juda ham umumiy va noaniq kirish gaplarini qo‘llashning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda, yangiliklar bilan ta’minlovchilar o‘rtasida katta raqobat mavjud (Noto‘g‘ri)
Hozirda, gazetalar internet va televideniye kabi yangilik ta’minotchilari bilan kuchli raqobatga yuz tutmoqdalar (To‘g‘ri)
Do'stlaringiz bilan baham: |