Odatda ta’sirchan perefraza:
Odatda ta’sirchan perefraza:
asl manbadan o‘z shakliga ko‘ra farqlanadi
asl manbadagi so‘zlarning sinonimlaridan iborat bo‘ladi
asosiy ma’noni saqlagan bo‘ladi
asl manbadagi ba’zi bir qismlarni o‘zida mujassamlashtiradi (misol uchun “Industrial inqilob”, “18-asr”)
Perefrazalash va uning yo‘llari (usullari):
a) so‘zlarning sinonimlarini qo‘llash orqali:
Aytadi > keltirib o‘tadi; 18-asr > 1700-yillar; tejamoq > kam xarajat qilmoq
b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
b) so‘z turkumlarini o‘zgartirish orqali:
Izoh (ot) > izohlamoq (fe’l); foyda keltiradigan, foydali (sifat) > foyda (ot)
c) so‘zlar ketma-ketligini o‘zgartirish orqali:
Britaniya industrial inqilobining asosiy sabablari talabni tahlil qilish orqali o‘z yechimini topishi mumkin.
Talabni tahlil qilish orqali Britaniyadagi industrial inqilobning sabablarini topish mumkin.
Amaliyot mashqlarida 3ta usul ham bir vaqtning o‘zida ishlatiladi. Barcha so‘zlar o‘z sinonimlariga ega emasligini hisobga olgan holda, ularning hammasini perefrazalash maqsadga muvofiq emas.
Essening saviyali bo‘lishi olib borilgan tadqiqotlar va ko‘plab esselarning mavzuga doir bildirgan fikrlarini o‘rganib chiqishni talab etadi. Shu sababdan o‘z esseingizda qaysi adabiyotlardan foydalanganingizni keltirib o‘tishingiz maqsadga muvofiqdir. Bu mavzu sizga quyidagilar haqida ma’lumot beradi:
Sitatani matn ichida keltirish
Havolaning asosiy shakllari
Sitatalardan foydalanish
Foydalanilgan adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini keltirib o‘tish
Do'stlaringiz bilan baham: |