8-Mavzu. Auditorlik tekshiruvi vaqtida ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash. Reja
Download 28.5 Kb.
|
8 амалий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari NAZORAT SAVOLLARI.
- MAVZU BO’YICHA MASALALAR 1-Masala.
8-Mavzu. Auditorlik tekshiruvi vaqtida ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash. Reja Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini o’rganish Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish Korxona hisob siyosatini o’rganish Ichki nazorat tizimini o’rganish Ichki nazoratni boshqarish faoliyati komponentlari NAZORAT SAVOLLARI. Ichki nazorat tizimi deganda nima tushunasiz? Buxgalteriya hisobi tizimi deganda nima tushunasiz? Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimini ahamiyati nimalardan iborat? Korxonalarda INT va BXT elementlari nimalardan iborat? Auditor korxona ichki nazorat tizimini qanday baholaydi? Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini qanday o’rganish mumkin? Buxgalterlik hisobining tashkil etilishini o’rganish qanday amalga oshiriladi? Korxona buxgalteriyasining tashkiliy tuzilmasi, tashkiliy tuzilmada ko’rsatilgan har bir xodimning vazifalari va mas’uliyatlarining bayoni qanday o’rganiladi? Hisob tsiklining muhim uchastkalari bo’yicha hujjatlar aylanish reja-grafigini tekshirish qanday amalga oshiriladi? Korxona hisob siyosatini o’rganish qanday amalga oshiriladi? Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi? Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz? Nazorat amallari deganda nimalarni tushunasiz? MAVZU BO’YICHA MASALALAR 1-Masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo‘q qilishni rejalashtirayotganligi aniqlandi. Auditorlardan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi: “Nima qilsak to‘g‘ri bo‘ladi: qog‘ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni yo‘q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo‘q qilish mumkin? Bunday holda yo‘q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo‘ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?” Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo‘yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim? Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 2-Masala. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasida buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy ma’lumotlar kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi deyilgan. 1. Buxgalteriya birlamchi hujjatlari, shu jumladan bank hujjatlari, omborxona kirim-chiqim ryestri va (kviansiya) to‘lov pattalarini saqlash muddati necha yilni tashkil etadi? 2. Tashkilotda jinoiy ish tugatilib, sud hukmi chiqqandan keyin hujjatlar qancha muddat saqlanadi? 3. Keyin tayinlangan tekshiruvda jinoiy ish tugatilgan davrdagi hujjatlarning talab qilinishi to‘g‘rimi yoki bunda sud hukmi yetarli hisoblanadimi? Download 28.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling