Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi: Axborot tizimi quyidagi xossalar bilan aniqlanadi: - har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, qurilishi va tizimlarni qurish umumiy asoslari negizida boshqarilishi mumkin; axborot tizimi dinamik va rivojlanuvchi hisoblanadi;
- axborot tizimini qurishda tizimli yondashuvni qo’llash zarur; axborot tizimining chiqish mahsuloti uning asosida qaror qabul qilinuvchi axborot hisoblanadi;
- axborot tizimini axborotlarga ishlov berishni inson-kompyuter tizimi deb qabul qilish lozim.
Axborot tizimlarining tadbiq qilinishi quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin: Axborot tizimlarining tadbiq qilinishi quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin: - matematik usul, intellektual tizim va h.k.ni tadbiq qilish natijasida boshqaruv masalalarining ratsional qarori usullarini olish;
- avtomatlashtirish hisobiga ishchilarni og’ir mehnatdan ozod qilish; axborotning ishonchliligini ta’minlash;
- ma’lumot tashuvchilarni magnit lenta yoki diskli tashuvchilarga almashtirish hisobiga axborotlarga kompyuterda ishlov berishni tashkillashtirish. Bu qog’ozli hujjatlar hajmining kamayishiga olib keladi;
- korxonada hujjat almashinuvi tizimi va axborot oqimi tarkibini rivojlantirish;
- xizmat ko’rsatish va mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish;
- yangi bozor tarmoqlarini (yo’nalishlarini) qidirib topish; turli chegirma va xizmatlar taqdim etish hisobiga korxonaga xaridorlar va mahsulot yetkazib beruvchilarni bog’lash.
Qamrab olish muhiti bo‘yicha axborot tizimlarini yakka, guruhli va korporativ axborot tizimlariga bo„lish mumkin. Yakka axborot tizimlari avtonom shaxsiy kompyuterlarda amalga oshiriladi (tarmoqdan foydalanilmaydi). Bunday tizim umumiy axborot fondi bilan bog’langan bir nechta sodda ilovalarni olishi mumkin va bir foydalanuvchi yoki vaqt bo’yicha ajratilgan ishchi o’rni (foydalanuvchilar guruhi) uchun mo’ljallangan. Bunday ilovalar stolli yoki lokal berilganlar bazasini boshqarish tizimlari (BBBT) yordamida yaratiladi. Lokal BBBTlar ichida Clarion, Clipper, FoxPro, Paradox, dBase va Microsoft Access ko’proq taniqlilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |